[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Jarqaldirgʻochlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jarqaldirgʻochlar (Apodes) — uzunqanotlilar turkumiga mansub qushlarning kenja turkumi. 86 turi bor. Chekka shimol bilan chet janubdan boshqa hamma joyda, tekislik va togʻ yalangliklarida uchraydi. Daraxt kovaklariga, uylarga, tik qoyalardagi yoriqlar va b. joylarga uya soladi. Qora jarqaldirgʻochlar Hindiston va Afrikada qishlaydi. Oʻzbekystonda 5 turi yashaydi, shundan 3 turi uya quradi. Qora jarqaldirgʻochlar martning oʻrtalarida uchib keladi, 2—3 hafta oʻtgandan keyin uya qurishga kirishadi. 4 tagacha tuxum qoʻyadi. 11 — 16 kunda tuxumdan joʻja chiqadi. Joʻjasi 38—40 kunda uchirma boʻladi. Ob-xavo noqulay yillari uyada 56 kungacha qolib ketadi. Jarqaldirgʻochlar hasharotlar, oʻrgimchaklar bilan oziqlanadi. Hashoratlarni qirib, xoʻjalikka foyda keltiradi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil