[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Janubiy orol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janubiy orol
Geografiya
Maydoni 150 437 km2
Dengiz sathidan balandligi m.
Eng baland nuqtasi Aoraki / Mount Cook
Ma'muriyat
Davlat Yangi Zelandiya
Mintaqa Yangi Zelandiya
Demografiya
Aholisi 1 115 800
Qo'shimcha ma'lumot

Janubiy orol - Yangi Zelandiyaning katta oroli. Shimoliy oroldan Kuk boʻgʻozi, Styuart oroldan Favo boʻgʻozi orqali ajralgan. Mayd. 150,5 ming km². Aholisi 880 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Relyefi togʻli, hududining koʻp qismi Janubiy Alp togʻlaridan (Kuk togʻi, 3764 m, mamlakatdagi eng baland choʻqqi) iborat. Iqlimi subtropik dengiz, janubida moʻʼtadil iqlim. Togʻ oʻrmonlari, yaylovlar, togʻlarning yuqori qismi qor va muzliklar bilan qoplangan. Fordlend, Maunt-Kuk milliy parklari tashkil etilgan. Orolning sharqiy qismidagi Kenterberi tekisligi — mamlakatning asosiy dehqonchilik rayoni. Bosh shahri — Kraystcherch.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil