[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Jörg Heinrich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jörg Heinrich
Heinrich 2009-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 6-dekabr 1969-yil (1969-12-06) (54 yosh)
Tavallud joyi Rathenow, Shimoliy Germaniya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Chap qanot himoyachisi
Markaziy himoyachi
Markaziy yarim himoyachi
Chap qanot yarim himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Borussia Dortmund (Boshqargan)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1977–1982 BSG Motor Rathenow
1982–1984 FC Vorwärts Frankfurt
1984–1988 BSG Motor Rathenow
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988–1989 BSG Motor Rathenow 11 (1)
1989–1990 BSV Chemie Velten 34 (5)
1990–1994 Kickers Emden 80 (7)
1994–1996 SC Freiburg 41 (7)
1996–1998 Borussia Dortmund 81 (11)
1998–2000 Fiorentina 57 (5)
2000–2003 Borussia Dortmund 63 (7)
2003–2004 1. FC Köln 20 (0)
2004–2005 Ludwigsfelder FC 25 (7)
2005–2006 Union Berlin 15 (3)
Milliy terma jamoa
1995–2002 Germany 37 (2)
Boshqargan klublari
2006–2007 Union Berlin (Sport direktori)[1]
2013–2015 BSC Rathenow 94
2015–2016 FSV 63 Luckenwalde[2]
2017 SV Falkensee-Finkenkrug
2017– Borussia Dortmund (Boshqargan)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jörg Heinrich (6-dekabr 1969-yilda tugʻilgan) – nemis professional Futbol menejeri va sobiq futbolchisi. U juda koʻp qirrali oʻyinchi boʻlib, himoya (markaziy va chap qanot) va oʻrta maydonda (chap qanot va himoyakor yarim himoyachisi) turli positsiyalarda toʻp surgan[3][4]. U hozirda Borussiya Dortmund jamoasida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib boradi [5].

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jörg Heinrich Sharqiy Germaniyada bir qancha klublarda toʻp surgandan soʻng, Heinrich 1990-yil yozda havaskorlar jamoasi hisoblangan Kickers Emdenga qoʻshildi va keyingi toʻrt mavsumda klub safida oʻynadi, ulardan uchtasida uchinchi divizionda edi. 1994-yilning yozida u Kickers Emdenni park etib, Bundesliga jamoasi boʻlgan Karlsruher SCga qarshi 2-0 hisobidagi magʻlubiyat bilan boshladi, ushbu oʻyinda zahiradan SC Freiburg tarkibiga oʻyinning ikkinchi yarmida qoʻshildi. U oʻz birinchi mavsumida Freiburg jamoasida doimiy 1-tarkibda maydonga tushib, oʻsha mavsumdagi jami 34 ta Bundesliga oʻyinlaridan 33 ta oʻyinda ishtirok etdi, shuningdek, klub uchun ligada yettita gol urdi va jamoaga oʻsha davrda ligada uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishga katta yordam berdi. U Bundesligada SC Freiburg safidagi birinchi golini oʻzining Bundesligadagi ikkinchi uchrashuvida FC Bayern Munchen ustidan 5-1 hisobida qozonilgan kutilmagan gʻalabada kiritdi.

U keyingi mavsumda SC Freiburg uchun yana sakkizta Bundesliga oʻyinlarida ishtirok etdi va 1996-yil yanvar oyida klubni tark etib, Borussiya Dortmund jamoasiga qoʻshildi. U 1995-1996-yilgi mavsum oxirigacha Borussia Dortmund safida barcha 17 ta Bundesliga oʻyinlarida ishtirok etdi va shu mavsumda klub bilan Bundesliga chempionligi titulini ham qoʻlga kiritdi. U keyingi ikki mavsumda ham doimiy ishtirok etib, Bundesligadagi jami 68 ta oʻyindan 64 tasida maydonga tushdi. U Borussia Dortmund safida ikki yarim masum harakat qilib Bundesliga doirasida11 ta gol kiritdi, shuningdeku, 1997-yilda Borussia Dortmund bilan UEFA chempionlar ligasi kubogini ham qoʻlga kiritdi, final bahsida Borussia Dortmund safida 90 daqiqa harakat qilib, Juventus ustidan 3-1 hisobda gʻalaba qildi.

1998-yil yozida Heinrich Italiya klubida ACF Fiorentinaga oʻtdi va 2000-yil yozda Borussiya Dortmundga qayguniga qadar ikki mavsum davomida u yerda oʻynashni davom ettirdi. Fiorentina bilan ikki mavsum mobayida u 57 ta Serie A oʻyinida ishtirok etdi va klub uchun ligada beshta gol urdi [6]. Keyinchalik u Borussiya Dortmund tarkibida uch mavsum oʻynadi, ammo bu uch mavsumning birinchisidagina asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida toʻp surdi. 2002-yilda u klub bilan yana bir Bundesliga chempionati titulini qoʻlga kiritdi. 2000 va 2003-yillar oʻrtasida Heinrich Borusiya Dortmund safida 63 ta Bundesliga oʻyinini oʻtkazdi va klub uchun ligada yettita gol urdi. U shuningdek, 2002-03-yilgi UEFA chempionlar ligasi mavsumida Borussiya Dortmund bilan ishtirok etdi va musobaqada yetti marotaba maydonga tushdi.

2003-yil yozda Heinrich Borusiyani terk etdi va 1. FC Köln jamoasiga qoʻshildi. Heinrich 2004-yilning bahorigacha, yaʼni professional karyerasini tugatishidan oldin klub uchun mavsumda 20 ta Bundesliga oʻyinlarida ishtirok etdi. U oʻzining professional faoliyatidagi soʻngi uchrashuvini 2004-yil 27-mart kuni oʻzining sobiq jamoasi hisoblangan SC Freiburg jamoasiga qarshi oʻtkazdi va 3-0 hisobida zafar quchdi. Professional futboldan isteʼfoga chiqqanidan soʻng u toʻrtinchi diviziyada Oberliga NOFV-Nordda amatyor oʻtash maqsadida yordamchi murabbiy rolida ishladi.

Borussia Dortmund

  1. „Jörg Heinrich, sportdirektor des 1. FC Union Berlin“ (de). FC Union Berlin. Qaraldi: 2005-yil 28-dekabr.
  2. „Jörg Heinrich ab 01.07.2015 neuer Trainer“ (de). FSV 63 Luckenwalde. 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-may.
  3. AjaxPageLayout.ot Germans limp into new era Irish Times, 13 October 1998
  4. „Heinrich, Jörg“ (de). kicker.de. Qaraldi: 2011-yil 10-iyul.
  5. Soccer-Borussia Dortmund sack Bosz, name Stoeger as replacement‚ reuters.com, 10 December 2017
  6. Arnhold. „Jörg Heinrich - Matches and Goals in Bundesliga“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.