[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Iroq tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qadimgi Iroq hududida miloddan avvalgi IV ming yillikda Shumer davlati tashkil topgan. Мiloddan avvalgi III ming yillikdan I ming yillikkacha bu hududda Akkad, Bobil va Assuriya davlatlari mavjud bo’lgan. Miloddan avvalgi 539-331 yilgacha bu hududlar Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga, keyin 200 yil davomida Aleksandr Makedonskiy imperiyasi tarkibida bo‘lgan. Undan so‘ng yana forslar hukmronligi qo’l ostiga qaytgan.

Bosib olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
VII asrda bu hududlarni arablar bosib olgan. XIII asrda esa mo‘g‘ul bosqinchilari bu yerlarga bostirib kirdi. XVI asrdan XX asrgacha Iroq Usmoniylar imperiyasining tarkibiy qismi bo‘lib keldi. 1916-yili Buyuk Britaniya bu hududlarni istilo qildi. 1932-yili Iroq o’z mustaqilligini qo‘lga kiritdi, lekin oradan ko‘p o‘tmay 1941-1945 yillarda Buyuk Britaniya, Eron, Pokiston va Turkiya jamoaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi «Bag’dod pakti»ni imzolashdi. 1958-yil monarxiya ag’darilib, Iroq «Bag‘dod pakti»dan chiqdi. 1963-yil AQSHning qo’llab-quvvatlashi bilan Iroqda harbiy davlat to‘ntarishi amalga oshirildi.
1980-yil Iroq va Eron o‘rtasida urush boshlanib ketdi. 1988-yil urush to‘xtatilib, 1990-yil Eron bilan tinchlik shartnomasi imzolandi. Shu yili Iroq Kuvayt hududiga bostirib kirdi. BMT Iroq bilan savdo aloqalariga embargo e’lon qildi. 1991-yil AQSH boshchiligidagi NATO harbiy kuchlari «Sahrodagi bo‘ron» deb nomlangan Iroqqa qarshi harbiy operatsiyani boshladi. 1994-yil Iroq Kuvaytga nisbatan o‘z da’vosidan voz kechdi. 1998-yil qurollanishni nazorat qilish bo‘yicha BMT maxsus komissiyasi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi. Bu Fors ko‘rfazida AQSH harbiy kuchlarining to‘planishiga asos bo‘ldi. 2003-yilning mart oyida AQSH va Buyuk Britaniya Saddam Husaynni hokimiyatdan ag‘darish maqsadida Iroqqa qarshi harbiy operatsiyalarni boshladi, natijada S.Husayn hokimiyatdan ag‘darilib, deyarli butun Iroq hududi AQSH nazorati ostiga o’tdi. Hozirgi kunda mahalliy boshqaruv organlari shakllantirilmoqda.

•"Arab Mamlakatlari Madaniyati va An'analarini O'rganamiz" Toshkent-2020