Ikki gulli lola
Ikki gulli lola | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Bir urugʻpallalilar |
Turkum: | Lola |
Oila: | Loladoshlar |
Binar nomi | |
Tulipa bifloriformis |
Ikki gulli lola (lotincha: Tulipa bifloriformis) – bir urugʻpallalilar sinfi, loladoshlar oilasi lola turkumiga mansub koʻp yillik piyozchali oʻt oʻsimlik. Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati hududidagi togʻlarda oʻsadi. Asl vatani Oʻrta Osiyo lekin Buyuk Ipak yo'li orqali Yevropaga tarqalgan[1].
Birinchi marta 1935-yilda Toshkent atrofidan yigʻilgan oʻsimlik asosida Vvedenskiy tomonidan tasvirlangan[2] .
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 10-20 sm gacha yetadigan koʻp yillik piyozchali oʻt oʻsimlik. Popuk ildiz tizimiga ega. Piyozchasi tuxumsimon, diametri 1,5-2 sm, tashqi qobigʻi jigarrang qora, ichki qismi oʻrgimchak toʻrisimon tuk bilan qoplangan. Poyasi uzunligi 5-15 sm, silliq, tuksiz. Barglari bandsiz, oddiy, yashil. Gullari ikki jinsli, poya uchida yakka yakka joylashgan. Gultojibarglari oqish yoki och sariq tusda, yuzasida siyohrang dogʻlar boʻlishi mumkin. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi koʻsak meva, uzunligi 2,5-3 sm. Urug‘i va piyozchasi orqali koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati uchun endemik tur hisoblanadi, Chimyon togʻi hududida tarqalgan. Dengiz sathidan 1900 metr balandlikda oʻsadi. Kelib chiqish joyi Oʻrta Osiyo, lekin Buyuk Ipak yo'li orqali Yevropaga tarqalgan. Tur asosida koʻplab yangi navlar yaratilgan. Hozirda koʻplab mamlakatlarda navlari manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Piyozchasidan yaxshi koʻpaygani va erta gullagani sababli manzarali oʻsimlik sifatida qadrlanadi. Yovvoyi holatda dengiz sathidan 2000 metr balandlikda, togʻ etaklarida, unumdor tuproqlarda oʻsadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tulipa bifloriformis“.
- ↑ „Tulipa bifloriformis Vved.“. Plants of the World Online (2017). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.