Iordaniya gubernatorliklari
Iordaniya uchta mintaqaga, oʻn ikkita guberniyaga (muhofaza), tumanlarga (liva) va kichik tumanlarga (qada) boʻlingan[1].
1994-yil islohoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1994-yilda Ichki ishlar vazirligining maʼmuriy boʻlinish tizimi tarkibida toʻrtta yangi gubernatorlik tashkil etildi. Ular Jerash, Ajlun, Madaba va Aqaba. Jerash va Ajlun guberniyalari Irbid gubernatorligidan, Madaba guberniyasi Amman gubernatorligidan va Aqaba gubernatorligi Maʼan gubernatorligidan ajralib chiqqan[1].
Geografik mintaqalar va metropoliyaga hududlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Geografik jihatdan Iordaniya gubernatorliklari Shimoliy mintaqa, Markaziy mintaqa va Janubiy mintaqa kabi uchta mintaqada joylashgan. Uch geografik mintaqa hudud yoki aholi soni boʻyicha emas, balki geografik bogʻliqlik va aholi markazlari orasidagi masofa boʻyicha taqsimlangan. Janubiy mintaqa Markaziy mintaqadan Karak gubernatorligidagi Moʻab togʻlari bilan ajratilgan. Markaziy va Shimoliy mintaqaning aholi markazlari geografik jihatdan Jerash gubernatorligi togʻlari bilan ajratilgan.
Ijtimoiy jihatdan Amman, Salt, Zarqa va Madaba aholi punktlari birgalikda bitta yirik metropolitan hududni tashkil qiladi. Bu shaharlardagi biznes aloqalari Amman taʼsirida boʻlsa, Jerash, Ajlun va Mafraq shaharlari esa, asosan, Irbid shahri taʼsirida.
12 ta guberniya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iordaniya gubernatorliklari | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Gubernatorlik | Hududi[2] (km2) | Aholi soni[3] | Shaharliklar[3] | Qishloqliklar[3] | Aholi zichligi[2] (kishi/km2) | HDI 2015[4] | Maʼmuriy markazi | ||||
Shimoliy mintaqa | |||||||||||
1 | Irbid | 1,572 | 1,137,100 | 943,000 | 194,100 | 723.4 | 0.740 | Irbid | |||
2 | Ajloun | 420 | 146,900 | 111,500 | 35,400 | 350.1 | 0.742 | Ajloun | |||
3 | Jerash | 410 | 191,700 | 120,100 | 71,600 | 467.8 | 0.734 | Jerash | |||
4 | Mafraq | 26,551 | 300,300 | 117,800 | 182,500 | 11.3 | 0.717 | Mafraq | |||
Shimoliy mintaqa: umumiy | 28,953 | 1,776,000 | 1,292,400 | 483,600 | 61.3 | ||||||
Markaziy mintaqa | |||||||||||
5 | Balqa | 1,120 | 428,000 | 307,400 | 120,600 | 382.0 | 0.739 | Salt | |||
6 | Amman | 7,579 | 2,473,400 | 2,325,500 | 147,900 | 326.3 | 0.752 | Amman | |||
7 | Zarqa | 4,761 | 951,800 | 899,800 | 52,000 | 199.9 | 0.731 | Zarqa | |||
8 | Madaba | 940 | 159,700 | 114,000 | 45,700 | 170.0 | 0.735 | Madaba | |||
Markaziy mintaqa: umumiy | 14,400 | 4,012,900 | 3,646,700 | 366,200 | 278.7 | ||||||
Janubiy mintaqa | |||||||||||
9 | Karak | 3,495 | 249,100 | 87,200 | 161,900 | 71.3 | 0.739 | Al Karak | |||
10 | Tafilah | 2,209 | 89,400 | 63,800 | 25,600 | 40.5 | 0.731 | Tafilah | |||
11 | Maʼan | 32,832 | 121,400 | 66,600 | 54,800 | 3.7 | 0.698 | Maʼan | |||
12 | Aqaba | 6,905 | 139,200 | 119,700 | 19,500 | 20.2 | 0.739 | Aqaba | |||
Janubiy mintaqa: umumiy | 45,441 | 599,100 | 337,300 | 261,800 | 13.2 | ||||||
Iordaniya boʻyicha umumiy | 88,794 | 6,388,000 | 5,276,400 (82.6%) | 1,111,600 (17.4%) | 71.9 | 0.741 | Amman |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Annex B: Analysis of the municipal sector“. Third Tourism Development Project, Secondary Cities Revitalization Study. Ministry of Antiquities and Tourism, Hashemite Kingdom of Jordan (2005-yil 24-may). 2016-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 2,0 2,1 „Estimated Population of the Kingdom, Area (Km2) and Population Density by Governorate, at End-year 2012“. Department of Statistics - Jordan (2012). 2013-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Estimated Population of the Kingdom by Urban* and Rural, at End-year 2012“. Department of Statistics - Jordan (2012). 2013-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-dekabr.
- ↑ „Sub-national HDI - Area Database - Global Data Lab“ (en). hdi.globaldatalab.org. Qaraldi: 2018-yil 17-sentyabr.