[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Insolyasiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Insolyasiya (lotincha: incolo — quyoshga tutaman) — 1) yer sirtining quyosh radiatsiyasida nurlanishi. Muayyan vakt birligi mobaynida 1 sm2 sirtga tik tushayotgan quyosh nuri engergiyasi bilan ifodalanadi. Quyosh radiatsiyasining atmosferada yutilishi, sochilishi va kaytishi natijasida I. kun davomida va shuningdek, fayeldan fayelga juda tez (0 dan 1,5 kal/sm2 min va undan or-tiq) oʻzgaradi. Uy va binolarni loyihalashda I. hisobga olinadi. Masalan, bi-noni, ayniqsa, turar joylarni kungay joyga solishga harakat qilinadi. I. miqdori aktinometr va pirgeliometr bilan oʻlchanadi; 2) tibbiyotda — quyosh nuri bilan davolash va badanni chi-niqtirishda I.dan keng foydalaniladi. Davolash muassasalari, sanatoriylarda maxsus insolyariylar boʻladi (qarang Havo va quyosh vannalari).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil