[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Hubble ketma-ketligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hubble galaktika ketma-ketligi

Hubble ketma-ketligi 1925-yilda Edwin Hubble tomonidan ishlab chiqilgan galaktikalarni tasniflash sxemasidir.[1] Bu format shuningdek sanchqi (inglizcha tuning fork) sifatida ham ma'lum.

Ushbu ketma-ketlikka binoan, galaktikalar oʻngdan elliptik tarzda boshlanadi va ularning nomlari E0 bilan E7 orasida oʻzgaradi. E shaklni ifodalaydi, raqam esa galaktika qanchalik oval ekanligini koʻrsatadi. Boshqacha qilib aytganda, 0 dumaloq, 7 esa juda tekis. Texnik jihatdan bu elliptiklikning 10 darajali bosqichidir.

Keyin galaktikalar S0 yoki lentikular galaktikadan boshlab ikkita alohida toʻplamga ajratiladi. Yuqori tartib spiral galaktikalarni oʻz ichiga oladi. S spiralni bildiradi, keyingi harf spirallarning taqsimlanishini tavsiflaydi. 0 spiral qoʻllar yoʻqligini, keyingi harflar esa galaktikada juda ochiq va koʻzga koʻringan qoʻllar borligini bildiradi. Pastki qatorga kashakli spiral galaktikalar kiradi. Galaktika markazda joylashgan kashak B ramzi bilan ifodalanadi.

Somon yoʻli, biz joylashgan galaktika, SBbc turiga kiradi. Bu shuni anglatadiki, uning kashagi qisqa va qoʻllari soni oʻrtacha.

Ushbu sinflarga toʻgʻri kelmaydigan galaktikalar tartibsiz deb taʼriflanadi va Irr bilan belgilanadi.

  1. The realm of the nebulae, Mrs. Hepsa Ely Silliman memorial lectures, 25, New Haven: Yale University Press, 1936. ISBN 9780300025002. OCLC 611263346. Qaraldi: 2019-yil 14-oktyabr.