[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Hamdavayh Ishtixoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hamdavayh Ishtixoniy

Toʻliq ismi — Abu Ibrohim Hamdavayh ibn Qutn ibn Farazdaq ibn Tarxon Salamiy Ishtixoniy. U IX asrning oxirlarida Ishtixonda tavallud topgan. Hamdavayh Ishtixoniy asosiy taʼlimni ustozi Abu Yazid ibn Ismoil Attor Samarqandiydan olgan va hadislar rivoyat qilgan[1]. Uning farzandu nabiralari ham oʻz zamonasining taniqli hadis roviylaridan boʻlgan. Ularga aynan shu zotning ismi nisbat qilib berilgan va bu silsila tarix sahifalarida „Hamdavayhiy“ nisbasi bilan oʻrin olgan. Jumladan, uning oʻgʻllari Ibrohim ibn Hamdavayh ibn Qutn Ishtixoniy, Abu Muhammad Nasr ibn Hamavayh ibn Qutn Ishtixoniy va toʻrtinchi avlod nabirasi Abulhasan Ali ibn Ahmad ibn Nasr ibn Muhammad ibn Ibrohim ibn Hamdavayh ibn Qatan ibn Farazdaq ibn Tarxon Salamiy Hamdavayhiylarni nomlarini sanab oʻtish mumkin[2]. Abu Ibrohim Hamdavayh Ishtixoniy X asrning boshlarida vafot etgan.

  1. Қаранг: Абдулкарим Самъоний. Ансоб. Ж. 2. – Байрут, 1998. – Б. 260
  2. Исаев Й., Аббосов А. Иштихоний алломалар. Имом Бухорий халқаро маркази. 2016. – Б. 22