[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kuy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuy — (yunoncha: melodia — ashula aytish, melos — ashula va ode—kuylash)—turli baland va uzunlikdagi tovushlarning maʼlum bir ritm va ladda badiiy holatda kelishi. Musiqa asari bir yo bir necha kuydan tuzilishi mumkin. Kuy asarning asosi hisoblanadi. Kuy garmonizatsiya qilinish bilan xarakteri oʻzgarishi mumkin. Kuyning eng xarakterli oʻrni uning ohangdor boʻlishidadir. Cholgʻu musiqa kuylari vokal musiqa kuylari bilan yaqin boʻlishiga qaramay, bular turlicha tuzilishda va kengayib, rivojlanib borishida farq qiladilar. Ashula aytishga nisbatan, katta imkoniyatlarga ega boʻlgan cholgʻu asboblarida kuy murakkab boʻladi. Demak, kuy musiqadagi asosiy ifoda vositalari boʻlgan lad, ritm, metr va tembrni oʻz ichiga oladi. Shuning uchun birovozli musiqa ham, koʻpovozli musiqa ham asosan kuy bilan esda qoladi.