[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kiyik-koba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kiyik-kobapaleolit davri odamlari yashagan gʻor. Simferopol (Qrim)dan 25 km sharqda, Zuya daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. 1924— 26 yillarda tekshirilgan. K.-k. — MDH hududida ibtidoiy odam qoldiqlari topilgan dastlabki makonlardan hisoblanadi. K.-k.dan oʻchoq qoldiklari, kichik chopqilar, choʻqmor, qirgʻichlar va b.damda yovvoyi eshak, kiyik, bahaybat bugʻu, buqa, mamont, karkidon, gʻor ayigʻining suyaklari topilgan. Gʻorning toʻridan neandertal odamierkak kishining tovon va boldir suyaklari, bola skeletining boʻlaklari topilgan. 1925-yilda professor N.L.Ernst va Ye.V.Isirovlar olib borgan qazishlar K.-k. gʻorining 6 madaniy qatlamdan iborat ekanligini koʻrsatdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil