Kemari
Kemari (Yaponcha: 蹴鞠) — bu Yaponiyada paydo boʻlgan toʻp oʻyini, u haqidagi dastlabki maʼlumotlar VII asrga borib taqaladi. Kemari anʼanaviy oʻyin sifatida bugungi kunda ham oʻynalib kelinadi. Oʻzaro raqobatga asoslanmagan kemari oʻyinida asosiy maqsad toʻpni shunchaki tepish va uni boshqa oʻyinchilarga uzatish orqali havoda ushlab turishdir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimgi Xitoyda oʻynala boshlagan cuju izlarini oʻzida mujassam etgan bu oʻyinning mavjudligi haqidagi dastlabki maʼlumotlar 644-yilga borib taqaladi[1][2]. Ushbu oʻyinda XII asrdan boshlab hukmdorlar va zodagonlar ishtirok eta boshlaydi, XIII-asr oxiridan esa ularning qoidalari standartlashtirilgan[2]. Kemari oʻyinini nafaqat zodagonlar o‘ynagan, balki, quyi qatlamdagi odamlar orasida ham keng tarqalgan[2].
Oʻyin jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kemari raqobatbatni yuzaga keltiradigan oʻyin emas. Cheklanmagan maydonda dumaloq shaklda joylashtirilgan sakkiz oʻyinchining yagona vazifasi toʻpni boshqa oʻyinchilarga oshirish, tepish va sakrash orqali iloji boricha koʻproq havoda ushlab turishdir. Faqat toʻpni oyoq bilan oʻynashi va bir oʻyinchining toʻpni xohlagancha tepa olishi mumknligi belgilab qoʻyilgan. Kiyik terisidan yasalgan toʻplar taxminan 20 sm diametrli va ogʻirligi 100-120 gramm boʻladi. Mari deb nomlanuvchi to‘p kiyik terisidan qilingan bo‘lib, yung tomoni ichkariga, terisi esa tashqi tomoniga qaratiladi. Toʻp shaklini berish uchun ichi arpa donalari bilan toʻldiriladi. Teri bu shaklda oʻrnatilgach, donalar toʻpdan chiqariladi va otning terisi yordamida tikiladi. Toʻpni tepgan sportchiga mariashi deyiladi. Bugungi kunda kemari oʻynagan odamlar qadimgi davrni aks ettiruvchi anʼanaviy kiyimlarni kiyib maydonga tushishadi[2]. Futbolchilar kiyadigan kiyimlar Asuka davridagi kiyimlarni eslatadi. Ushbu turdagi kiyim kariginu deb atalgan va oʻsha davrning modasi boʻlgan edi.
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The Global Art of Soccer (İngilizce). CusiBoy Publishing, 2006 — 5-bet. ISBN 9780977668809. Qaraldi: 23 kasım 2014.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Japanese sports: a history (İngilizce). University of Hawaii Press, 2001 — 26-29-bet. ISBN 9780824824648. Qaraldi: 23 kasım 2014.