[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Karate

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karate — jangari sport turi. Vatani Yaponiya. Karate soʻzining maʼnosi „boʻsh qoʻllar“ hisoblanadi. Karate sport turini yaponiyalik Gichin Funakoshi yaratgan.

Karate (yaponcha — hech narsasiz qoʻl bilan) — qurolsiz oʻzini-oʻzi himoya qilish, inson tanasining nozik joylariga qoʻl yoki oyoq bilan zarbalar berishga asoslangan sport kurashining bir turi. Karatening hozirgi qoidalari 20-asrning boshlarida yaponcha jiujitsu yakkakurashini takomillashtirish asosida shakllangan. Uning dastlabki usul va qoidalarini Gichin Funakoshi (1869— 1957, Yaponiya) ishlab chiqqan. Karatechilar 8×8 m tatamida yakkama-yakka yoki jamoa boʻlib musobaqalashadi, bajarilgan zarba usullariga qoʻyilgan baholarga qarab gʻoliblar aniqlanadi. Xalqaro Karate federatsiyasi (WUKO)ra 1968-yilda asos solingan. U 157 milliy federatsiyani birlashtiradi (2002), Oʻzbekiston milliy Karate federatsiyasi unga 1996-yil kirgan. 1970-yildan jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi (har 2-yilda). Karate Osiyo, Lotin Amerikasi mamlakatlari, AQSH, Ispaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda taraqqiy etgan. Oʻzbekistonda Karate 20-asrning 80-yillaridan ommalasha boshladi. 1995-yilda respublika Karatechilari bitta federatsiyaga birlashdi (Karateda 4 ta yoʻnalishda musobaqalar uyushtiriladi). Federatsiyaning barcha viloyatlarda boʻlimlari bor. Oʻzbekistonda 60 mingdan koʻproq kishi Karate bilan shugʻullanadi, 40 dan ziyod Karate klublari roʻyxatdan oʻtgan (2002). Nurxon Nafasov, Alisher Sodikrv, Mixail Golovanov kabi tajribali murabbiylar qoʻl ostida shugʻullangan Ilhom Karimov, Otabek Qosimov, Sofiya Kaspoʻlatova, Doniyor Xolmatov, Azamat Ali Qalandarov singari Karatechilar jahon kubogi va Osiyo chempionatlarida sovrinli oʻrinlarni egallashgan.[1] shotokan karate ni ozbekistonga Zarip Boltaev olib kelgan,va federatsiyaga asos solgan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil