Kamaguey
Qiyofa
Kamaguey — Kubaning markaziy qismidagi shahar. Atiboniko daryosi sohilida joylashgan. Kamaguey provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 300 ming kishi chamasida (1990-yillar oʻrtalari). Temir yo'l va avtomobil yoʻllarining yirik tuguni. Aeroport bor. Qishloq xoʻjaligi (shakarqamish, chorvachilik) rayonining muhim savdo-sanoat markazi. Mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik, koʻn poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Kamaguey yaqinidan xromit olinadi. Ignasio Agramonte universiteti (1974) va muzeyi bor. 17—19-asrlarga oid meʼmorii yodgorliklari saqlangan. Shaharga 1515 yilda asos solingan, 1817 yildan shahar maqomini olgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |