[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Katsuura (Chiba)

Koordinatalari: 35°9′7.9″N 140°19′15.0″E / 35.152194°N 140.320833°E / 35.152194; 140.320833
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katsuura

勝浦市
Shahar
Skyline of Katsuura
Katsuura
Bayroq
35°9′7.9″N 140°19′15.0″E / 35.152194°N 140.320833°E / 35.152194; 140.320833
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Kantō
Prefektura Chiba
Hukumat
Maydon 94.20 km2 (36.37 kv mi)
Aholisi
 (November 30, 2020)
16 872
Zichligi auto kishi/km2
Katsuura xaritada
Katsuura
Katsuura

Katsuura (yaponcha: 勝浦市 Katsuura-shi?) – Yaponiyaning Chiba prefekturasida joylashgan shahar hisoblanadi[1].

Katsuura Chiba prefekturasining janubi-sharqiy sohilida, Bōsō yarim orolining tahminiy markazida boʻlib, prefektura poytaxti Chibadan tahminan 55 kilometr va Tokio markazidan 70-80 kilometr uzoqlikda joylashgan. Sharqdan Tinch okeani bilan chegaradosh[2]. Shaharning uchdan ikki qismi togʻlidir. Shaharning bir qismi Minami Bōsō Quasi milliy bogʻida joylashgan.

Katsuura shahar hokimiyati

Atrofdagi munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chiba prefekturasi

Katsuura, Kuroshioga yaqin boʻlgani tufayli nam subtropik iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Katsuura, Chōshi shahri bilan birga, Chiba prefekturasida eng salqin oylari yozga toʻgʻri keladi Avgust – eng issiq oy, oʻrtacha harorat 25.9 °C (79 °F) va baʼzi kunlar 30 °C (86 °F) dan oshadi. Eng sovuq oy yanvar oyi hisoblanib, oʻrtacha harorat 6.8 °C (44 °F).

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyhatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Katsuura aholisi soʻnggi 70 yil ichida asta-sekin kamayib borayotgan hudud sifatida topildi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192024,369—    
193024,85+2.0%
194025,884+4.2%
195033,067+27.8%
196031,141−5.8%
197028,065−9.9%
198025,462−9.3%
199025,334−0.5%
200023,235−8.3%
201020,788−10.5%
202016,927−18.6%

Katsuura toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan hokim va 14 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. U Chiba prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzosini qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazariga koʻra, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Chiba 11-okrugiga kiradi.

Katsuura tarixan baliq ovlash porti sifatida tanilgan va hozirda Chiba prefekturasida Chōshi shahridan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Katsuurada toʻqqizta faol baliq ovlash porti mavjud, ularning eng kattasi Katsuura porti hisoblanadi[4].

  1. „Katsuura city official statistics“ (ja). 2021-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
  2. Nihon Daihyakka Zensho (Nipponika) (日本大百科全書(ニッポニカ). Hachiman-misaki. Tokyo: Netto Adobansusha, viewed November 7, 2011.
  3. Katsuura population statistics
  4. "Katsuura". Encyclopedia of Japan. Tokyo: Netto Adobansusha. 2012. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. Qaraldi: 2012-12-19.