Kathryn P. Hire
Kathryn Hire | |
---|---|
Tavalludi |
1959-yil 26-avgust (63 yosh) Mobile, Alabama, U.S. |
Fuqaroligi | AQSH |
Kasbi | Astronavt |
Unvoni | Kapitan, USN |
Kathryn Hire (talaffuzi: Katrin Hayer 1959-yil 26-avgustda tug'ilgan) - NASAning sobiq astronavti va AQSh harbiy-dengiz kuchlari zahirasidagi kapitan. U ikkita kosmik kemada uchgan.
Ta'lim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alabama shtatining Mobile shahrida tug'ilgan. U Sent-Pius X katolik boshlang'ich maktabi va Merfi o'rta maktabida o'qigan[1]. 1981-yilda Qoʻshma Shtatlar Harbiy-dengiz akademiyasining muhandislik va boshqaruv fanlari bakalavriatini hamda 1991-yil Florida texnologiya institutida kosmik texnologiyalar boʻyicha magistrlik darajasini olgan[1].
Tajriba
[tahrir | manbasini tahrirlash]1982-yil oktyabr oyida Dengiz parvozi zobiti unvonini qo'lga kiritdi. Hire Merilend shtatida joylashgan Okeanografik rivojlanish bazasida, 8-guruh ( VXN -8) bilan butun dunyo bo'ylab havo-okeanografik tadqiqot missiyalarini o'tkazdi. U maxsus konfiguratsiya qilingan RP-3A va RP-3D Orion samolyotlarida Okeanografiya loyihasi koordinatori hamda missiya qo'mondoni sifatida parvoz qilgan.
Keyinchalik, Kaliforniya shtatidagi Mather havo kuchlari bazasida, 323d Flying Training Wing bilan dengiz floti ofitserlariga ko'rsatmalar berdi. U yerda navigatsiya o'qituvchisi va kurs menejeridan o'quv dasturi menejeri darajasiga ko'tarildi. U bir vaqtning o'zida USAF T-43A samolyotida navigator parvoz o'qituvchisi etib tayinlandi.
NASA tajribasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hire 1989-yilning may oyida Kennedi kosmik markazida ish boshladi. U Dastlab Orbiterni qayta ishlash zavodida, faollashtirish muhandisi, keyinroq Lockheed Space Operations kompaniyasida kosmik kemaning mexanik tizimlari muhandisi sifatida ish yuritdi. 1991-yilda u Kosmik kemalarni sinovdan o'tkazish loyihasi muhandisi (TPE) sertifikatiga ega bo'ldi. Hire Rossiyaning Orbiter docking tizimini nazorat qilish bo'limiga rahbarlik qildi. 1994-yilda kosmik kemaning orbital mexanizmlari va uchish maydonchasidagi, tebranish uskunalari bo‘yicha supervayzer etib tayinlandi[1][2].
1994-yil dekabr oyida NASA tomonidan tanlangan Hire, 1995-yil mart oyida Jonson kosmik markaziga kelib qo'shildi. Bir yillik mashg'ulotdan so'ng u missiyani boshqarishda kosmik kema aloqachisi ( CAPCOM ) sifatida ishladi. Hire STS-90 Neurolab-da (1998) Missiya bo'yicha 2-mutaxassis sifatida uchdi va kosmosda 381 soatdan ko'proq vaqt o'tkazdi. U Shuttle Avionics Integration Laboratory (SAIL), Shuttle yuklari va parvoz ekipaji uskunalari bo'yicha kosmonavtlar idorasi rahbari bo'lib ishlagan. Shuningdek Hire Kennedi kosmik markazi operatsiyalari uchun Astronavtlarni qo'llab-quvvatlash (ASP) jamoasiga rahbar etib tayinlangan.
Kosmik parvoz tajribasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]STS-90 Neurolab (1998-yil 17-aprel; 3-may). 16 kunlik Spacelab parvozi davomida Kolumbiya kosmik kemasi bortidagi yetti kishidan iborat ekipaj azolari mikrogravitatsiyaning miya va asab tizimiga qaratilgan 26 ta hayotiy fan tajribalarida eksperimental sub'ektlar sifatida qatnashishdi. STS-90 reysi Yer atrofida 256 marta aylanib, 6,3 million mil yo‘l bosib o‘tdi.
2018-yil iyun oyidan boshlab Hire "NASA boshqaruvi astronavti" deb hisoblangan, ya'ni u NASAda ishlagan, lekin u kosmik parvozlar uchun topshiriqlarga chaqirilmagan[3].
2019-yil 28-fevralda Xir NASAdan nafaqaga chiqdi[4].
Tashkilotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kosmik tadqiqotchilar uyushmasi
- Dengiz aviatsiyasi uyushmasi
- Navigatsiya instituti
- Dengiz zahiralari uyushmasi
- AQSh dengiz akademiyasi bitiruvchilari uyushmasi
- AQSh yelkanli sport assotsiatsiyasi
Maxsus unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mudofaa xizmatlari uchun medal
- "Buyuk xizmatlari uchun" medali (3)
- Birgalikda xizmatlari uchun maqtov medali
- Dengiz kuchlari va dengiz piyodalarining maqtov medali
- Milliy mudofaa xizmati medali (2)
- Qurolli Kuchlar Ekspeditsiya medali
- Terrorizmga qarshi kurash medali
- Qurolli Kuchlar zahirasi medali
- NASA kosmik parvoz medali
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „KATHRYN P. HIRE (CAPTAIN, U.S. NAVY) NASA ASTRONAUT“. NASA (2010-yil mart). Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
- ↑ Becker. „Astronaut Biography: Kathryn Hire“. www.spacefacts.de.
- ↑ „NASA Management Astronauts“ (2018-yil 25-may). 2017-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Astronaut Kathryn (Kay) Hire Retires from NASA“ (2019-yil 21-mart).