Koprofiliya
Koprofiliya (yunoncha κόπρος, kópros „axlat“ va φιλία, filía „yoqtirish, mehr“) yoxud skatofiliya (yunoncha σκατά, skatá „najas“) deb ham ataluvchi parafiliya boʻlib, axlatdan jinsiy qo‘zg‘alish va lazzat olishni anglatadi[1][2][3].
Tadqiqotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amerika psixiatriya assotsiatsiyasi tomonidan nashr etilgan „Ruhiy kasalliklarning diagnostik va statistik qo‘llanmasi“da koprofiliya 302.89 — Boshqa toifaga kiritilmagan parafiliya sifatida tasniflanadi va u haqida parafiliyalar borasidagi umumiy bayonotdan tashqari aniq diagnostik tavsif berilmagan. Qoʻllanmada umumiy tasnif boʻyicha „agar xatti-harakatlar, jinsiy istaklar yoki fantaziyalar ijtimoiy, kasbiy yoki hayotning boshqa muhim sohalarida klinik jihatdan sezilarli stress yoki buzilishlarga olib kelsa, tashxis qo‘yiladi“ deya qayd etilgan, xolos. Bundan tashqari, qoʻllanmada „Fantaziyalar, xatti-harakatlar yoki obyektlar faqat klinik jihatdan muhim muammo yoki buzilishga olib kelgandagina parafilik hisoblanadi (masalan, majburiy bo‘lsa, jinsiy disfunksiyaga olib kelsa, huquqiy muammolarga sabab bo‘lsa yoki ijtimoiy munosabatlarga xalaqit bersa)“ deb parafilik holatlarga izoh berilgan.
Koprofiliya va sadomazoxizm o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lmasa-da, birinchisi haqidagi cheklangan ma’lumotlar ikkinchisining tadqiqotlaridan olingan. 1999-yilda Finlyandiyadagi ikkita sadomazoxistik klubning 164 erkak a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 3% faqat sadist sifatida, 6,1% faqat mazoxist sifatida va 9,1% har ikki rolda, jami 18,2% soʻrovnoma qatnashchisi koprofiliya bilan shug‘ullangan. Tadqiqot guruhida geteroseksuallarning 18 %i va gomoseksuallarning 17 %i koprofiliyani sinab ko‘rgan, bu esa ular o‘rtasida statistik jihatdan sezilarli farq yo‘qligini ko‘rsatadi. Zoofil xatti-harakatlar bilan shug‘ullangan 12 erkakni tahlil qilgan boshqa maqolada, 11 kishilik kichik guruhning qo‘shimcha tahlili shuni ko‘rsatdiki, zoofil xatti-harakatlar bilan shug‘ullanmagan 12 sadomazoxistik erkaklardan iborat mos nazorat guruhidagi faqat bittasi bilan solishtirganda, zoofil xatti-harakat bilan shugʻullanib kelgan ishtirokchilardan oltitasi koprofil odatlar bilan ham mashgʻul boʻlgan[4] [5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Holmes, Ronald M.. Sex Crimes: Patterns and Behavior. Thousand Oaks: Sage Publications, 2001-yil 6-noyabr — 244-bet. ISBN 0-7619-2417-5.
- ↑ Corsini, Raymond J.. The Dictionary of Psychology. Philadelphia: Brunner-Routledge, 2002 — 224-bet. ISBN 1-58391-328-9.
- ↑ Flora, Rudy. How to Work with Sex Offenders: A Handbook for Criminal Justice, Human Service, and Mental Health Professionals. New York: Haworth Clinical Practice Press, 2001 — 91-bet. ISBN 0-7890-1499-8.
- ↑ N. Kenneth Sandnabba; Pekka Santtila; Niklas Nordling (9-avgust 1999-yil). „Sexual Behavior and Social Adaptation Among Sadomasochistically-Oriented Males“. Journal of Sex Research. № 36. 273–282-bet. doi:10.1080/00224499909551997. Qaraldi: 25-sentabr 2024-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Sandnabba N. K.; Santtila P.; Nordling N.; Beetz A. M.; Alison L. (11-noyabr 2002-yil). „Characteristics of a Sample of Sadomasochistically-oriented Males with Recent Experience of Sexual Contact with Animals“. Deviant Behavior. № 23. 511–529-bet. doi:10.1080/01639620290086503. Qaraldi: 25-sentabr 2024-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()