[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ko Jong-Su

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ko Jong-Su
고종수
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ko Jong-Su
Tavallud sanasi 30-oktyabr 1978-yil (1978-10-30) (46 yosh)
Tavallud joyi Yeosu, Jeonnam, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994-1995 Kumho oʻrta maktabi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996-2004 Suwon Samsung Bluewings 96 (21)
2003Kyoto Purple Sanga (Ijara) 13 (1)
2005 Chunnam Dragons 11 (1)
2007-2008 Daejeon Citizen 24 (1)
Milliy terma jamoa
1996-2000 Janubiy Koreya U-23 10 (2)
1997-2001 Janubiy Koreya 38 (6)
Boshqargan klublari
2011 Suwon Bluewings U-18 (Murabbiy)
2011-2017 Suwon Bluewings (Murabbiy)
2018-2019 Daejeon Citizen
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2009-yil 1-mart uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2009-yil 1-mart uchun)

Ko Jong-Su (1978-yil 30-oktyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Jeollanam-do shtatidagi Yoosu shahrida tugʻilgan, Ko Yeosu Gʻarbiy boshlangʻich maktabini, Yeosu Gubong oʻrta maktabini va Kumxo oʻrta maktabini tamomlagan.

U 1998-yilgi jahon chempionatida Li Dong-Guk va An Jung-Hvan bilan birga mashhurlikka erishgan. Ko tezligi, jarima zarbalari va chap oyogʻidagi aniq zarbalari uchun „Koreyadagi eng buyuk texnik“[1] laqabini olgan. U markaziy yarim himoyada ham, chap qanotda ham harakat qila olgan.

Ko 2001-yilda oʻsha paytdagi eng yaxshi darvozabonlardan biri Chilavert darvozasiga jarima zarbasidan gol urgan.

U Chunnam jamoasiga Kim Nam-Il oʻrniga oʻtgan.

2007-yilning 8-yanvarida Chunnam Dragons Koning transferiga rozi boʻlganidan bir yil oʻtib Daejeon Citizen Ko bilan shartnoma imzolagan. Uning maoshi Kiprdagi qishki yigʻinda qanchalik yaxshi oʻynashiga qarab belgilanishi kelishib olingan[2].

2009-yil fevral oyida u nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan[3].

Oʻyin uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U chap oyogʻini yaxshi ishlata oladigan, jarima zarbalarini tepishda mahoratli, yarim himoya chizigʻida faollik koʻrsatadigan futbolchi boʻlgan. U „L’enfant Terrible“ nomi bilan mashhur boʻlib, aniq paslar, zarbalar bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirgan[4].

U 2001-yil yanvar oyida Koreya-Yaponiya yulduzlari oʻyinida maydonga tushgan va Jose Luis Chilavertga qarshi jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirgan.

2002-yil 4-sentyabrda u K-ligada Jeonbuk Hyundai Motors jamoasiga qarshi safar o‘yinida uzoq masofadan gol (57 m) kiritgan[5].

2007-yilda u xorijdagi futbolga ixtisoslashgan yetakchi onlayn gazeta va veb-sayt tomonidan „2007-yilning eng kutilgan futbolchisi“ deb topilgan[6].

Klub statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Liga Kubok Liga Kubogi Qitʼa Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Janubiy Koreya Liga KFA Kubogi Liga Kubogi Osiyo Jami
1996 Suwon Samsung Bluewings K Liga 1 11 1 ? ? 3 0 -
1997 7 1 ? ? 8 2 ? ?
1998 19 3 ? ? 1 0 ? ?
1999 14 2 ? ? 7 2 ? ?
2000 8 4 ? ? 5 3 ? ?
2001 12 5 ? ? 8 5 ? ?
2002 20 4 ? ? 0 0 ? ?
Yaponiya Liga Imperator Kubogi Liga Kubogi Osiyo Jami
2003 Kyoto Purple Sanga J1 Liga 13 1 0 0 3 1 - 16 2
Janubiy Koreya Liga KFA Kubogi Liga Kubogi Osiyo Jami
2004 Suwon Samsung Bluewings K Liga 1 5 1 0 0 0 0 - 5 1
2005 Chunnam Dragons 11 1 0 0 5 1 - 16 2
2007 Daejeon Citizen 11 1 1 0 0 0 - 12 1
2008 13 0 0 0 3 1 - 16 1
Jami Janubiy Koreya 131 23 40 14
Yaponiya 13 1 0 0 3 1 - 16 2
Karyerada jami 144 24 43 15

Milliy terma jamoadagi statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Janubiy Koreya terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
1997-yil 10 1
1998-yil 16 1
1999-yil 4 1
2000-yil 3 0
2001-yil 5 3
Jami 38 6

Xalqaro maydondagi gollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
25.01.1997 Sidney, Avstraliya  Yangi Zelandiya 1 gol 3-1 1997-yil Opus turniri
29.01.1998 Bangkok, Tailand  Tailand 1 gol 2-0 1998-yil Qirol kubogi
5.06.1999 Seul, Janubiy Koreya  Belgiya 1 gol 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
24.01.2001 Gonkong  Norvegiya 1 gol 2-3 2001-yil Carlsberg kubogi
27.01.2001 Gonkong  Paragvay 1 gol 1-1 (6-5 PSO) 2001-yil Carlsberg kubogi
11.02.2001 Dubay, BAA  Birlashgan Arab Amirliklari 1 gol 4-1 2001-yil Dubay turniri
Suwon Bluewings
  • K liga 1 (3) : 1998, 1999, 2004-y
  • Koreya FA kubogi (1) : 2002
  • K-liga kubogi (4) : 1999, 1999, 2000, 2001
  • Koreya Superkubogi (2): 1999, 2000
  • Osiyo chempionlar ligasi (2) : 2000-01, 2001-02
  • Osiyo Superkubogi (2) : 2001, 2002

Shahsiy yutuqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1993-yil Daejon futbol musobaqasi gʻolibi
  • 1994-yil Baek-Rok-Ki futbol tanlovida yilning eng yaxshi futbolchisi
  • 1997-yil Adidas Kubogining eng koʻp assistentlik qilgan futbolchisi
  • 1998-yil Seul sportining eng yaxshi sportchisi nomini oldi
  • 1998-yil K-ligasi MVP mukofoti
  • 1998-yil K-League Best 11 oʻyinchisi
  • 1999-yil K-League Best 11 oʻyinchisi
  • 2000-yilda Adidas kubogi g‘olibi
  • 2000 yil Hummel-Stu mashhur mukofoti
  • OFKning 2001-yil fevral oyidagi yaxshi oʻyinchisi
  • OFKning 2001-yil oyining eng yaxshi futbolchisi.
  • 2007-yil Windsor mukofoti gʻolibi
  1. „김병지 "고종수·이관우… 안타까운 내동생들아" {{in lang|ko}}“. 2007-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 29-oktyabr.
  2. „최윤겸 대전 감독 "고종수, 0%부터 시작이다" {{in lang|ko}}“. 2007-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 6-yanvar.
  3. ‘풍운아’ 고종수 „할말은 많지만…“ 은퇴 선언 (koreyscha)
  4. tf.co.kr. „[TF라이브폴 한국 축구 역대 최고 '왼발의 달인'은? 고종수 '압도적 1위'“] (ko-KR). 더팩트 (2017-yil 5-avgust). Qaraldi: 2018-yil 24-aprel.
  5. „고종수, 57m 환상 슛“ (ko). Qaraldi: 2018-yil 15-aprel.
  6. „고종수, 2007년 기대되는 축구인 1위“. inews24. Qaraldi: 2018-yil 15-aprel.