[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Furgon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
PAZ-3742

Furgon (frans. fourgon) — yuk yoki yukyoʻlovchi avtomobili va tirkamaning usti yopiq kuzovi. Umumiy ishlarga moʻljallangan va maxsus xillarga boʻlinadi. Maxsus F.ning ichi muayyan bir yuk turini (mas, mebel, non mahsulotlari va boshqalar) tashish uchun moslashtirilgan boʻladi. F. korpusi fakdt metall (sinchi ham, qoplamasi ham metall) yoki yogochmetall (sinchi yogʻoch, qoplamasi metall) dan yasalishi mumkin. Yukni ortish va tushirish oson boʻlishi uchun F.ga ikki tavaqali orqa (baʼzan, yon) eshik kilinadi. Kam (1t gacha) yuk tashish uchun moʻljallangan ixcham F.larning kabinasi yuk kuzovi bilan birlashgan boʻladi, lekin kuzov kabinadan oynavand toʻsiq bilan ajratiladi.