[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Feminizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Feminizm bu jinslar oʻrtasida siyosiy, iqtisodiy, shaxsiy va ijtimoiy tenglikni tashkil etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy harakatlar va mafkuralar tizimidir[1][2][3][4][5]. Feminizm jamiyatlar erkaklar nuqtai nazarini ustun koʻrishi, ayollarga esa adolatsiz munosabatda boʻlishi gʻoyasini oʻz ichiga oladi. Ushbu holatni oʻzgartirish uchun feminizm gender steoreotiplariga qarshi kurashish, ayollarga xuddi erkaklar uchun mavjud boʻlgan taʼlim va mehnat imkoniyatlarini yaratishga harakat qiladi.

Feministik harakatlar xotin-qizlar huquqlari, shu jumladan ovoz berish, davlat lavozimlarini egallash, mehnat qilish, adolatli ish haqi olish va maoshdagi gender tafovutini bartaraf etish, mulkka egalik qilish, taʼlim olish, nikohda teng huquqqa ega boʻlish va onalik taʼtiliga ega boʻlish uchun harakat qiladilar[6].

Feministik harakatlar dunyoda ayollar huquqi borasida eng katta ijtimoiy oʻzgarishlar qilgan omildir. Gʻarb mamlakatlarida hozirda eng bazaviy huquq hisoblangan ayollarning saylash va saylanish huquqi, reproduktiv huquq (homiladorlikni oldini olish va abort), bitimlar tuzish va mulkka egalik qilish, ingliz tilida soʻzlarning gender neytralligini[7] taʼminlashga feminizm sababchi hisoblanadi.

Terminologiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadqiqotchilarning fikricha „feminizm“ atamasini fransuz faylasufi Sharl Furye kiritgan. „Feminizm“ va „feminist“ soʻzlari Fransiya va Gollandiyada 1872-yilda, Buyuk Britaniyada 1890-yillarda va AQSHda 1910-yilda paydo boʻlishni boshlagan. Ingliz tilining Oksford lugʻati „feminist“ soʻzi 1852-yildan, „feminism“ soʻzi esa 1895-yildan ishlatilishni boshlagan deb koʻrsatadi.

Gʻarb mamlakatlarida feminizm harakati tarixi toʻrt „toʻlqin“ga boʻlinadi.

  1. Feminizmning birinchi toʻlqini asosan XIX va XX asr boshlaridagi sufrajetlar harakatini oʻz ichiga oladi, uning asosiy maqsadi bu ayollarning saylov huquqi va turmush qurgan ayollarning mulkka egalik qilish huquqi boʻlgan.
  2. Feminizmning ikkinchi toʻlqini sifatida 1960-yillarda boshlangan ayollarning ozodlik harakati tushuniladi. Bu harakat ayol va erkaklarning toʻliq huquqiy va ijtimoiy tengligini targʻib qiladi.
  3. Uchinchi toʻlqin ikkinchi toʻlqinning davomi boʻlib, uning qator muvaffaqiyatsizlariga nisbatan munosabatdir. Uchinchi toʻlqinning paydo boʻlishi 1990-yillarga toʻgʻri keladi[8] va feministlar orasidagi „jinsiy bahslar“ bilan bogʻliq. Ushbu bahs va feminizmning antipornografik feminizm va jinsiy-ijobiy feminizmga boʻlinishi ikkinchi toʻlqinning oxiri va uchinchi toʻlqinning boshlanishi deya hisoblanadi.
  4. Toʻrtinchi toʻlqin taxminan 2013-yildan boshlangan bosqichdir[9]. Bu toʻlqin ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, internetdagi faollik va marginallashtirilgan ijtimoiy guruhlar, xususan „rangli“ va trans-ayollarni himoya qilish bilan tavsiflanadi[10][11][12]..
  1. Brunell, Laura; Burkett, Elinor „Feminism“. Encyclopaedia Britannica. Qaraldi: 2019-yil 21-may.
  2. Lengermann, Patricia; Niebrugge, Gillian „Feminism“, . The Concise Encyclopedia of Sociology. John Wiley & Sons, 2010 — 223-bet. ISBN 978-1-40-518353-6. 
  3. Mendus, Susan „Feminism“, . The Oxford Companion to Philosophy, 2nd, Oxford University Press, 2005 — 291–294-bet. ISBN 978-0-19-926479-7. 
  4. Hawkesworth, Mary E.. Globalization and Feminist Activism. Rowman & Littlefield, 2006 — 25–27-bet. ISBN 978-0-7425-3783-5. 
  5. Beasley, Chris. What is Feminism?. New York: Sage, 1999 — 3–11-bet. ISBN 978-0-7619-6335-6. 
  6. Echols, Alice. Daring to Be Bad: Radical Feminism in America, 1967–1975. Minneapolis: University of Minnesota Press, 1989. ISBN 978-0-8166-1787-6. 
  7. Disciplining Feminism: From Social Activism to Academic Discourse. Duke University Press, 2002. ISBN 0-8223-2843-7. 
  8. Charlotte Krolokke, Anne Scott Sorensen „Chapter 1. Three Waves of Feminism: From Suffragettes to Grrls“, . Gender Communication Theories and Analyses: From Silence to Performance. SAGE, 2006. ISBN 978-0-7619-2918-5. 
  9. Cochrane, Kira „The Fourth Wave of Feminism: Meet the Rebel Women“ (en). The Guardian (2013-yil 10-dekabr). 2016-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
  10. Munro, Ealasaid (2013-07). "Feminism: A Fourth Wave?". Political Insight 4 (2): 22—25. doi:10.1111/2041-9066.12021. ISSN 2041-9058.  Munro, Ealasaid „Feminism: A Fourth Wave?“ (en). The Political Studies Association (2013-yil 5-iyul). 2018-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar. / „Feminism: A fourth wave? | The Political Studies Association (PSA)“ (en). Feminism: A fourth wave? | The Political Studies Association (PSA). 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  11. Diamond, Diana (2009). "The Fourth Wave of Feminism: Psychoanalytic Perspectives". Studies in Gender and Sexuality 10 (4): 213—223. doi:10.1080/15240650903228187. ISSN 1940-9206. 
  12. Cochrane, Kira. All the Rebel Women: The Rise of the Fourth Wave of Feminism. London: Guardian Books, 2013. ISBN 978-1-78356-036-3.