[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Fonon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fonon (yun. phone — tovush) — kristall panjara tebranishlari maydonining kvanti. Kristall atomlarining tebranishlari oʻzaro taʼsir natijasida toʻlqin shaklida tarqaladi. Har bir shunday toʻlqinga kvazizarra — fononni moye qoʻyish mumkin. Fononning energiyasi ye=yyu , kvaziimpulsi r — yk, bunda y — plank doimiysi, so — toʻlqin chastotasi, k— kvazitoʻlqin soni. Fonon bozon boʻlib, Boze — Eynshteyn statistikasita boʻysunadi. Barcha qattiq jismlardagi fononlar soni 1CH|f~ temperatura T ga bogʻliq: T—>O da 1Chf ~ T3 va T"eD da (8D Debay temperaturasi) If ~ T. Fononlar bir-biri bilan va boshqa kvazizarralar (oʻtkazuvchanlik elektronlari, magnonlar va hokazo) va kristallning statsionar defektlari bilan taʼsirlashadi. Kristallarning issiqlikdan kengayishi va hokazo shu taʼsir tufayli boʻladi. Xususan, oʻta oʻtkazuvchanlik elektron — fonon oʻzaro taʼsir bilan tushuntiriladi.