[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Etilenpropilen kauchuklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Etilenpropilen kauchuklar — etilenning propilen bilan (qoʻsh sopolimerlar) yoki etilenning propilen bilan oz miqdordagi uchinchi somonomer.— qoʻsh bogʻli diyen ishtirokida sopolimerlanish (uchlik sopolimerlar) mahsulotlari. Etilenpropilen kauchuklark.ning zichligi 850–870 kg/m3. Toʻyingan qoʻsh sopolimerlar peroksidlar, dimaleinimidlar, xlororganik birikmalar bilan vulkanizatsiya qilinadi. Toʻyinmagan uchlik sopolimerlar uchun oddiy oltingugurtli vulkanizatsiya usullari qoʻllanadi. Etilenpropilen kauchuklark. asosidagi rezinalarning muhim xossalari issiqqa va ozonga bardoshlilik, kislorod bilan oksidlanishga, kislotalar va ishqorlar taʼsiriga chidamlilik, elektrizolyatsion xossalari yuqoriligi hisoblanadi. Oʻtkazgichlar va kabellarni izolyatsiyalashda yuqori atmosferaga bardoshli turli rezinatexnik buyumlar (mas, avtomobil oynalari zichlagichlari), sergʻovak yumshoq materiallar va boshqalar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.