[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Erkin iqtisodiy zonalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Erkin iqtisodiy zonalar — davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xoʻjalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar. koʻp hollarda davlatlararo tutash hududlarda (bir necha davlatlarning chegaralari tutashgan hudud), xalqaro aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yoʻllari tutashgan hududlarda tashkil etiladi.

Erkin iqtisodiy zonalarz.da alohida xalqaro huquqiy status joriy etiladi. Lekin u qayerda joylashishidan qatʼi nazar, shu mamlakatning ajralmas boʻlagi hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer ajratish, firma va kompaniyalarni tashkil etish, chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib chiqish, boj toʻlovlari, soliq toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, qaysi valyuta yoki valyutalar toʻlov vositasini oʻtashi, hududni boshqarish tartibi va boshqalar) qabul qilingan qoidalar asosida tezkorlik bilan bajariladi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan maqsad koʻplab yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib, rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yoʻl bilan mamlakat iqtisodiyotini tezkorlik bilan rivojlantirishdir.

Erkin iqtisodiy zonalarni hozirgi zamon iqtisodiy integratsiya jarayonlarining mahsuli, deb qarash unchalik toʻgʻri emas. Uning tarixi juda koʻhna. Erkin iqtisodiy zonalarz. tarixi mil. boshlariga borib taqaladi. qadimiy finikiyaliklar, yunonlar va rimliklar savdo ishlarini rivojlantirish maqsadida chet el savdo kemalarining oʻz portlariga erkin kiribchiqishini va ularning xavfsizligini taʼminlaganlar. 16 va 17-asrlarda Yevropaning qator shaharlari oʻzlarini „erkin savdo shaharlari“ deb eʼlon qilganlar. Buyuk Amir Temur davrida Samarqand ana shunday erkin savdo markazi boʻlgan, mamlakatning barcha karvon yoʻllari hokimiyat himoyasiga olingan.

Erkin iqtisodiy zonalarning har xil turlari mavjud: erkin omborxonalar, erkin bojxonalar zonalari, ilmiytexnika zonalari. Ular AQShda texnoparklar, Yaponiyada texnopolislar deb ataladi. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar (asosan, eksportga ixtisoslashgan) ham mavjud. Dastlabki Erkin iqtisodiy zonalarz.lardan biri Irlandiyada „Shennon“ aeroportida (1959) tashkil etilgan edi. Keyinroq shunday zona Angliyadagi „DogAylend“ aeroportida paydo boʻldi. Baʼzi Erkin iqtisodiy zonalarz, lar ancha yirik hududlarda tashkil etiladi. Mas, Braziliyadagi Manaus, Xitoydagi maxsus iqtisodiy hudud „Shenjen“ va boshqalar shunday zonalardir. Jahon amaliyotida Erkin iqtisodiy zonalarz.lar rivojlangan (Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, AQSH va boshqalar), shuningdek, rivojlanayotgan (Braziliya, Koreya Respublikasi, Malayziya va boshqalar) mamlakatlarida ham tashkil etildi. Erkin iqtisodiy zonalarz.ga chet el kapitalini jalb qilish Xitoy siyosatida ancha keng qoʻllandi. 20-asr oxirlarida Erkin iqtisodiy zonalarz.lar Birlashgan Arab amirliklari, Rossiya va Polshada tashkil etildi. Rossiya va Xitoy hamkorligida tashkil etilgan Blyagovanichensk — Xeyxe, Qora dengiz boʻyi, Kaliningrad viloyatidagi „Yantar“ Erkin iqtisodiy zonalarz.lari ham shunday makonlardir. Hozir jahonda 600 dan ortiq Erkin iqtisodiy zonalarz. mavjud.

Oʻzbekistonda Erkin iqtisodiy zonalarz. gʻoyasi milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun ijobiy baholandi. Shu bois 1996-yilning 25-aprelda mamlakat parlamenti Oʻzbekiston Respublikasining „Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida“ qonunini qabul qildi. Bu qonun chet el investitsiyalari, savdo va sanoat sohalarining rivojlanishi, aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash uchun qulay sharoit yaratishga meʼyoriyhuquqiy asos yaratdi.