[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ellikboshi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ellikboshi — harbiy-maʼmuriy unvon. Oʻrta Osiyo xonliklarida yuzboishdan keyingi mansab; 50 nafar askardan iborat harbiy qism boshligʻi hamda 50 nafar askar ajrata oluvchi mahalla, qishloq yoki ovul rahbari. U mingboshi tomonidan tayinlangan. Bu mansab Qoʻqon xonligida keng tarqalgan. Podsho Rossiyasi Turkiston oʻlkasini bosib olgach, E. unvoni tugatilgan.

Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat davrida Shermuhammadbek tomonidan Fargʻona vodiysida E., yuzboshi va mingboshi lavozimlari qayta tiklangan. 20-asrning 1-choragida — sovet hokimiyatining dastlabki yillarida Oʻzbekiston SSRda shaharda mahalla qoʻmitasining raisi, qishloqda esa qishloq oqsoqoli E. deb atalgan. Keyinchalik bu soʻz isteʼmoldan chiqib ketgan.