[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Elinvar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elinvar (yun. — elastik va lot. — oʻzgarmas) — temirnikel asosidagi qotishma. Tarkibida temir va nikeldan tashqari 7 — 9% xrom, 2— 3% marganets va boshqalar elementlar boʻladi. Alohida issiqlik xossasiga ega boʻlgan, yaʼni elastiklik xossasini taxminan 40° dan 60° gacha intervadda saqlashi kerak boʻladigan buyumlar — kamerton, membrana, prujina, soat millari tayyorlashda ishlatiladi. E. tarkibidagi nikelning bir qismi kobaltga almashtirilsa, superinvar deb ataluvchi qotishma paydo boʻladi. Superinvar aniq asboblar, mas, geodezik va optik asboblar yasash uchun ishlatiladi.