[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ehson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ehson (arabcha: إِحْسَان – „yaxshi ish, rahm-shafqat“) – islomda xudojoʻy ish, komil ibodat, sidqidildan xizmat qilish, musulmon kishi Allohni koʻrgandek sajda qilishi. Imon va islom bilan birga iymonning uch darajasidan biri hamda iymonning eng oliy koʻrinishi[1]. Ehsonning teskarisi munofiqlik (nifoq) va koʻz-koʻz qilish (riyo) dir[2].

Toʻliq ixlosga erishish uchun musulmonlarga Allohni doimo zikr qilish (zikr), turli ibodatlarda tirishqoqlik, nafsga qarshi kurashish, samimiy tavba qilish, xayr-ehson qilish va hokazolar orqali qalbini har qanday gunohlardan tozalash tavsiya etiladi[2].

Islomda ehson musulmonlarning ibodatda komillik yoki mukammallikka erishish uchun mas’uliyatidir, shunda musulmonlar Xudoni koʻrgandek ibodat qilishga harakat qiladilar va uni koʻrmasalar ham, shubhasiz, U ularni doimo kuzatib turishiga ishonadilar. Bu taʼrif Jabroilning hadislaridan kelib chiqqan boʻlib, Muhammad: „[Ehson] Allohga goʻyo Uni koʻrayotgandek ibodat qilishdir, agar siz Uni koʻrmasangiz, U sizni koʻrib turuvchidir“ degan. (Al-Buxoriy va Muslim)[3]. Muhammadning hadislariga koʻra „Alloh hamma narsaga ehson yozguvchi“[4][5].

  1. Гогиберидзе 2009, s. 109.
  2. 2,0 2,1 Islamdag.ru.
  3. Ayoub (2004), ss. 68–69.
  4. Sahih Muslim 1955a
  5. „ar:الكتب – جامع العلوم والحكم – الحديث السابع عشر إن الله كتب الإحسان على كل شيء- الجزء رقم1“ (ar) (2017-yil 22-avgust). 2017-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-aprel.
  • „Ихсан“. Islamdag.ru (2009-yil 27-iyun). Qaraldi: 2013-yil 1-sentyabr.