[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Entoderma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Entoderma (ento... va derma) — 1) koʻp hujayrali hayvonlarning ichki murtak qavati. Birlamchi ogʻizlilarda E. birlamchi ichakning ichki yuzasini qoplab turadi; undan oʻrta ichak va hazm bezlari hosil boʻladi. Ikkilamchi ogʻizlilarda E. ichakning ichki qavatini hosil qiladi. Umurtqalilarda E.dan ichakning shilliq qavati va u bilan bogʻliq bezlar (jigar, meʼda osti bezi va boshqalar) hosil boʻladi. Baliqlarning suzgich pufagi va ichki jabralari, quruqlikda yashovchi umurtqalilar oʻpkalari ham E.dan rivojlanadi. Xordalilarda E. va uning hosilalari ektodermal organlar (ogʻiz, orqa chiqaruv teshigi, jabra yoriqlari) va xordomezodermaning rivojlanishini induksiya qiladi; 2) boʻshliqichlilar tana devori ichki qavati. Baʼzan "E." endoderma terminining sinonimi sifatida ham ishlatiladi.