[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Dunbey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dunbey (Ichki Mongoliyaning bir qismi, Xeylunszyan, Szilin, Lyaonin)

Shimoli-Sharqiy Xitoy yoxud Dunbey (xit. an’anaviy 東北, soddalashtrilgan 东北, pinyin: Dunbey) o‘z ichiga Xitoy Xalq Respublikasining quyidagi hududlarni oladi: Ichki Mongoliya avtonom hududining sharqiy qismi (Tunlyao, Chifen, Xulun-Buir shahar okruglari va Xingan aymog‘i), Xeylunszyan provinsiyasi, Lyaonin provinsiyasi va Szilin provinsiyasi, maydoni 1 243 571 km². Bu hududlar tarixan Manjuriya hududi hisoblangan (shu sababli aksar hollarda Manjuriya deb atashadi), ular umumiy tarixga, madaniy va klimatik umumiylikka egalar.

Shimol va sharqda Rossiya bilan, janubi-sharqda – KXDR bilan chegaradosh. Janubiy qismi Sariq dengizga chiqqan. Aholisi 121 milliondan ko‘proq. Aholining asosiy qismi XIX asr ikkinchi yarmida Xitoyning janubiy qismlaridan ko‘chirib kelingan aholining avlodlari. Talaffuzda o‘ziga xos xitoy tilining shimoli-sharqiy dialekti shakllangan, pekin dialektiga yaqin. Tub aholi (Manjurlar) xitoylashtirish siyosati oqibatida assimilyatsiyalashgan. Janubi-sharqda koreyslarning kichik guruhi, g‘arbiy chekkalariga mongollar yashaydilar. Shimoli-Sharqiy Xitoyda KXDRdan kelgan qochoqlarning asosiy qismi yashaydi.

Andoza:Xitoy hududlari