[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Dissidentlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dissidentlar (yunoncha: dissidentes - qo‘shilishmaganlar, qarshilar) — 1) davlat dini katolitsizm yoki protestantizm bo‘lgan davlatlarda hukmron dinga e’tiqod qilmaydigan xristianlar. Ko‘chma ma’noda — o‘zgacha fikrlovchilar. 2) 1950-80-yillarning o‘rtalarida ko‘pchilik sotsialistik mamlakatlarda mustabid tuzumga qarshi harakat qatnashchilarning nomi. Inson va fuqaro huquq hamda erkinliklariga rioya qilinishi uchun o‘zgacha fikrlovchilar ta’qib etilishiga qarshi turli shakllarda chiqishlar qilishdi, sovet qo‘shinlarining Chexoslovakiyaga (1968) va Afg‘onistonga (1979) kiritilishiga qarshi norozilik bildirishdi. Dissidentlar maʼmurlar tomonidan qatagʻonlarga duchor etildi, koʻplari josuslik, davlatga xiyonat qilish kabi soxta ayblar bilan ayblanib jazoga tortildi, majburlab ruhiy kasalliklar shifoxonalariga yotqizildi ("jazolash psixiatriyasi"), mamlakatdan surgun qilindi yoki muhojir bo‘lib ketishga majbur boʻldi (V.I. Bukovskiy, P.G. Grigorenko, A.D. Saharov, A.I. Soljenitsin va boshqalar).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil