Darvesh
Darvesh - (fors. eshikma eshik yuruvchi, darbadar). Bu soʻz «sufiy», «faqir», «qalandar» soʻzlari bilan ma’nodosh hisoblanib, Alloh yoʻlida xoksorlik va faqirlikni qabul qilgan kimsadir.
Darvesh soʻzi qadimda darovez-eshiklarga osiluvchi keyinchalik darvesh eshiklarda narsa tilanuvchi ma’nolarini anglatadi. Sufiy, devona, qalandar kabi atamalari ham ba’zan darvesh ma’nosida qoʻllanadi. Darveshlar muayyan maslak (suluk)ka birlashgan va uning gʻoyalarini targʻib qilgan. Naqshbandiya, yassaviya, kubraviya kabi tariqatlar shular jumlasidandir. Ta’limoti, amaliyoti, odati va kiyimlaridan qat’i nazar, darveshlar ikki guruhga - daydi, doimo darbadarlik qilib yuruvchilar hamda shayx va pirlar rahbarligida muqim yashovchilarga ajratiladi.
Darveshlarning birinchi guruhi erta bahorda dunyo boʻylab safarga otlanganlar. Shuning uchun ularni «darbadar», eshikma-eshik yuruvchi, deb ham atashgan. Ikkinchi guruhi hunarmandlar, savdogarlar, turli darajadagi amaldorlar va boshqalardan iborat boʻlib, oʻz uyida yashab, ishlari bilan shugʻullangan. Har kunlik ibodatini bajargan, hafta yoki oyning aniq belgilangan kuni umumiy zikr tushishga qatnashgan.
Hozirgi kunda ham Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Eron hamda Afrikaning ayrim mamlakatlarida darveshlik suluklari ta’siri mavjuddir[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Usmonov I, Olimov S, Yo'ldashxo'djayev H, Faxriddinov Z, To'ychiyeva N, Jabborov N, Cho'tmatov J, Rahimov K, Komiljonova Z, Karimova S, Nurmuhammedov D, Erkaboyeva F, Jurayev O Turdiyeva D.. Tasavvuf atamalari. Movarounnahr nashriyoti, 2015 — 360-bet. ISBN 978-9943-12-346-5.