[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Davlat gerbi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi

Davlat gerbi — davlat ramzlaridan biri. Unda davlatning milliysiyosiy, iqtisodiy xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi, geografik va b. belgilari oʻz ifodasini topadi. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blanklarda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida, baʼzi binolarda tasvirlanadi. Davlat gerbining mazmuni konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan belgilanadi (jahondagi davlatlar gerblari tasviri haqida tegishli maqolalarga q.).

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli va oq-qora tasviri "Oʻzbekistan Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida"gi qonun (1992-yil 2 iyul)da tasdiqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi koʻrinishga ega: togʻlar, daryolar va soʻl tomoni bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan boʻlib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi koʻrinadi. Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "Oʻzbekiston" deb yozib qoʻyilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va uning tasvirini aks ettirish lozim boʻlgan hollar, shu bilan bogʻliq tartib-qoidalar yuqoridagi qonunda belgilangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil