[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Glenn T. Seaborg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Glenn Theodore Seaborg (1964)

Glenn Seaborg (1912.19.4, Ishpeming, Michigan shtati – 1999.25.2) — amerikalik fizik va kimyogar, Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi (1948). Los Anjeles universitetini tugatgan (1934). Kaliforniya universitetida ishlagan (1937-yildan; 1945-yildan professor, 1958–61 yildan prezidenti). 1942–46 yillarda Chikagodagi Metallurgiya laboratoriyasida, 1954–61 va 1971-yildan Berklidagi Radiatsion laboratoriyaning ikkinchi direktori. 1961–71 yillarda AQSH atom energiyasi boʻyicha komissiya raisi. Ilmiy ishlari radiokimyo, yadro kimyosi va yadro fizikasiga oid. Edwin McMillan bilan hamkorlikda plutoniyni sintez qilgan (1940–41), boshqa olimlar bilan hamkorlikda ameritsiy, Kyuriy (1944), Berkliy (1949), Kaliforniy (1950), eynshteyniy (1952), fermiy (1953) va Mendeleyeviyni (1955) ochgan. Keyingi yillarda ancha ogʻir elementlarni sintez qilishda ishtirok etgan. Nobel mukofoti laureati (1951; Edwin McMillan bilan qamkorlikda).[1][2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari