[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Gipodinamiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gipodinamiya (harakatning kamayishi, yunoncha hypos – „kam“ va dinamos – „harakat“) – bu vosita faoliyatining cheklanishi, mushaklarning qisqarish kuchining pasayishi bilan tana funktsiyalarining (mushak-skelet tizimi, qon aylanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish tizimi) buzilishi. Hozirgi kunda urbanizatsiya, mehnatni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, aloqa vositalarining rolini oshirish tufayli jismoniy kamharakatlilikning tarqalishi ortib bormoqda.

Oʻtroq turmush tarzi koʻplab kasalliklarning sababchisidir.

Jismoniy harakatsizlik – bu odamning jismoniy mehnatdan ozod boʻlishining natijasidir. Jismoniy harakatsizlik ayniqsa yurak-qon tomir tizimiga taʼsir qiladi – yurak qisqarishining kuchi zaiflashadi, ish qobiliyati pasayadi, tomirlar tonusi pasayadi. Gipodinamiya ayniqsa metabolizmga (metabolizm va energiya) taʼsir koʻrsatmay qolmaydi, toʻqimalarda qon taʼminoti pasayadi. Yogʻlarning yetarli darajada parchalanmaganligi tufayli qon „yogʻli“ boʻlib, tomirlar orqali sekinroq oqadi – ozuqa moddalari va kislorod bilan taʼminlash kamayadi.

Gipodinamiya kasalik emas balki, organizm jismoniy faoliyati pasayishi hisoblanadi. Shunday boʻlsa-da, u millionlab odamlarning oʻlimiga sabab boʻlmoqda. „Ortodoks“ tibbiy portalida yozilishicha, gipodinamiya oʻlim sabablari boʻyicha hatto chekishni ham ortda qoldirar ekan: 5,3 million kishida – gipodinamiyadan, 5 million kishida chekishdan kelib chiqadigan oʻlim holati kuzatiladi, bu bor-yoʻgʻi bir yillik maʼlumot.

Koʻpincha 35-40 yoshdan keyingi aholi qatlamida tananing turli sohalarida yogʻ toʻgʻimalari rivojlanishi va boshqa sabablar tufayli kamharakatlik kelib chiqadi.

Sport insonni chiniqtirib organizmda qon aylanishini yaxshilaydi toʻqimalar trofikasini oshiradi, mushaklarning tonusi oshishiga olib keladi.

Gipodinamiyani oldini olish – birinchi navbatda toʻgʻri ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, jismoniy mashlar bilan shugʻullanish, koʻproq toza havoda sayr qilish lozimdir.