Geotermik gradiyent
Geotermik gradiyent - har 100 m ga chuqurlashgan sari Yer poʻstidagi togʻ jinslari temperaturasining koʻtarilib boradigan miqdori. Geotermik gradiyent turli joyda yer yuzasining shakli, togʻ jinslarining issiqlik oʻtkazuvchanligi, yer osti suvlarining aylanib yurishi, vulkan oʻchoqlariga yaqinligi, Yer poʻstida yuz beradigan turli kimyoviy reaksiyalarga koʻra oʻzgaradi. Chuqurlashgan sari temperaturaning koʻtarilib borish qonuniyati Yer kaʼridan yuzasiga tomon issiqlik oqimi mavjudligini koʻrsatadi. Bu oqimning miqdori geotermik gradiyentning issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti koʻpaytmasiga teng . Koʻpin-cha, geotermik gradiyent miqdori 0,5 dan 20° gacha oʻzgarib, urtacha 3° ga tengdir. Anomal geotermik gradiyent (30-40°/km va undan ortiq) miqdori Talas—Chatqol—Qurama va Sharqiy Qirgʻiziston maydonlariga taalluqli, past geotermik gradiyent (20—25°/km) Fargʻona, Norin anomal zonalari, Shim. va Oʻrta Tyanshanning markaziy qismlari, Jan. Tyanshanning baʼzi bir qismlariga xos. Geotermik gradiyentning Urtacha miqdori (27— ZG/km) Norin botigʻining gʻarbiy qismida kuzatilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |