[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Generativ grammatika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Generativ grammatika (ingliz. ʻʻgenerativeʼʼ — generativ, yaratuvchan, ʻʻgrammarʼʼ — grammatika) grammatikani maʼlum bir tilda soʻzlar birikmasi orqali tuzilish jihatidan toʻgʻri gaplar yaralishiga asos boʻluvchi qoidalar tizimi deb hisoblaydigan tilshunoslik nazariyasidir. Ushbu atamani birinchi boʻlib Noam Chomskiy 1950-yillarning oxirlarida oʻzi ishlab chiqqan tilshunoslik nazariyasiga tegishli qoʻllagan.[1] Generativ grammatika doirasida tadqiqot olib boruvchi tilshunoslar generativistlar deb nomlanadi. Generativ maktabi asosan sintaksis yoʻnalishi boʻyicha izlanishlar olib borishi bilan birga, tilshunoslikning boshqa yoʻnalishlari, xususan, morfologiya va fonetikaga ham eʼtibor qaratadi.

Chomskiy nazariyasining dastlabki shakli transformatsion grammatika deb atalgan va bugungi kunda ushbu nazariyaning keyingi shakllarini[2] oʻz ichiga qamrab olgan, bularning eng soʻnggisi — minimalistik dastur. Chomskiy va boshqa generativistlarning fikriga koʻra, generativ grammatika xususiyatlari atrof-muhitdan oʻrganish evaziga emas, balki inson miyasidagi tugʻma universal grammatikadan kelib chiqadi.

Zamonaviy tilshunoslikda generativ grammatikaning turli tizimlari mavjud.

Generativ grammatikaga qarama-qarshi boʻlgan yoʻnalish — cheklov asosidagi grammatikadir.[3] Generativ grammatika tildagi toʻgʻri shakllangan gaplarni yaratuvchi barcha qoidalarni roʻyxatga olish jarayoniga tayansa, cheklov asosidagi grammatika (va uning turlari) esa, aksincha, maʼlum bir cheklovdan boshqa hech qanday cheklovga amal qilmagan jarayonlarni oʻz ichiga qamrab olish qobiliyatiga ega.

Asosiy tizimlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Generativ grammatikaga turli xil yondashuvlar mavjud. Bularning umumiy jihati — tabiiy tildagi barcha toʻgʻri shakllangan ifodalar majmuasining har bir aʼzosini rasman tavsiflay oladigan qoidalar yoki prinsiplar toʻplamini ishlab chiqish. ʻʻGenerativ grammatikaʼʼ atamasi kamida quyidagi tilshunoslik maktablari bilan bogʻliq:

  1. „Tool Module: Chomskyʻs Universal Grammar“. thebrain.mcgill.ca. Qaraldi: 2017-yil 28-avgust.
  2. „Mod 4 Lesson 4.2.3 Generative-Transformational Grammar Theory“. www2.leeward.hawaii.edu. 2018-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-fevral.
  3. Pollard, Carl. „The nature of constraint-based grammar“ (PDF). 11th Pacific Asian conference on language, information and computation.