[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Gaz lazer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaz lazer — aktiv (faol) muhiti gazlar, bugʻlar va ularning aralashmalari (SOg Ar, He+Ne aralashmasi va b.) dan iborat boʻlgan lazer. G. l.larining nurlanishi oʻta monoxromatik va yoyilish burchagi oʻta kichik boʻladi. Lazer spektroskopiyasida, golografiya, lazer texnologiyasi, materiallarga ishlov berish, tibbiyot va b. sohalarda chastotalar reperi (belgisi) sifatida qoʻllanadi (qarang Lazer).

Ular oʻrta toʻlqin uzunligi oraligʻida ishlaydi. Ularning nurlanishi oʻta monoxromatik va yoyilish burchagi oʻta kichik boʻladi. Ular interferometriya, golografiya, spektroskopiya, shtrix kodini oʻqish, optik effektlarni namoyish qilish, retinani davolash, litografiya, boshqa lazerlarni pompalash, atmosfera ifloslanishini tadqiq qilish, ilmiy tadqiqotlar, ta’lim lazerlari, lazer qurollari, lazer termoyadroviy sintezi va boshqa sohalarda qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil