[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Golkonda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Golkonda — Dekan (Hindiston)dagi oʻrta asr davlati (16— 17-asrlar). Bahmaniylar davlatining parchalanishi natijasida vujudga kelgan (1512). Asoschisi bahmaniylarning Varangaldagi sobiq noibi Quli Qutbshoq boʻlgan, Davlat poytaxti — G. qalʼasi, 1589 y.dan Bxagnagar sh. (keyinchalik nomi Haydarobod deb oʻzgartirilgan). Toʻqimachilik va hunarmandchilikning boshqa turlari taraqqiy etgan, olmos qazib chiqarish rivojlangan. 1687 y. Boburiylar davlati tarkibiga qoʻshib olingan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil