[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Buxtarma suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buxtarma suv omboriQozogʻiston Respublikasining Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi suv ombori. Irtish daryosida 1960—67 yillarda Buxtarma GES uchun toʻgʻon qurilishi natijasida hosil boʻlgan. Buxtarma suv ombori o. oʻzidan yuqorirokdagi Zaysan koʻli bilan tutashib ketgan. Maydoni 490 km², hajmi 49,6 km³, uz. 425 km dan koʻproq, eng keng joyi 35 km, oʻrtacha chuq. 9,6 m, vodiylarda uz. 30–50 km va eni 10 km gacha boʻlgan qoʻltiqlar bor. Buxtarma suv ombori o. Irtish suvini tartibga solib, kema qatnovi sharoitini yaxshilaydi va Buxtarma GES (quvvati 675 MVt)ning toʻla quvvat bilan ishlashini taʼminlab turadi. Sugʻorishda foydalaniladi. Baliq ovlanadi (sazan, taran va osyotr).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil