[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Bronepoyezd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bronepoyezd — parovoz (teplovoz) va platformalari zirhli harbiy poyezd. Bronepoyezdda jang qilish, temir yoʻl atrofidagi qoʻshinlarga yordam berish, muhim temir yoʻl uzellarini, koʻpriklar va boshqa muhim obʼyektlarni mudofaa qilish vazifalarini bajargan. Bronepoyezd tarkibida zirxli parovoz (teplovoz), 3—6-maydoncha, 2— 4 nazorat platformalari boʻlgan. Zirhli maydonchaga (2 yoki 4 oʻqli, zirhlangan temir yoʻl platformasiga) 1—2 toʻp, 3—6 pulemyot oʻrnatilgan. Bronepoyezdlar Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida qoʻllangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil