[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Blefarospazm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Blefarospazm (yun. blepharon — qovoq va spasmos — spazm) — koʻz aylana muskullarining spastik qisqarishi. B. koʻz muguz pardasining oʻtkir yalligʻlanish kasalliklarida, koʻz soqqasi shikastlanganda, ogʻiz va burun boʻshligʻi kasalliklarida, allergiya, meningit, isteriya va travmatik nevrozlarda roʻy beradi. B. uch shoxli nerv uchlarining qoʻzgʻalishidan kelib chiqadi. Bemor koʻzini ayniqsa yorugʻda ocha olmaydi. B. uzoq choʻzilganda qovoq shishib, qalinlashadi. Davosi: B.ga sabab boʻlgan kasallik bartaraf qilinadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil