[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Bikaner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bikaner — Hindistonning shim.gʻarbiy chekkasidagi shahar, Rajastxon shtatida, Tar chulida. Aholisi 415 ming kishi (1991). Temir yoʻl tuguni. Savdo markazi. Kimyo sanoati rivojlangan. Kichikroq elektrotexnika va mexanika korxonalari bor. Bikaner yaqinidan fosfor, asbest, gips olinadi. Hunarmandchilik rivojlangan: qoʻlda gilam, jun roʻmol toʻqiladi, kulolchilik buyumlari tayyorlanadi, fil suyagidan turli badiiy buyumlar yasaladi. Bikanerga 1488-yilda asos solingan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil