[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Berlin kongressi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Berlin kongressi (1878) – Berlinda chaqirilgan xalqaro kongress. Unda Buyuk Britaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Italiya va Turkiya qatnashgan. Bolkrnda yirik slavyan davlati – Bolgariyaning paydo boʻlishi va u yerda Rossiya mavqeining oshishi Avstriya-Vengriya va Angliyaga maqbul boʻlmadi. Shuning uchun ham kongress Avstriya-Vengriya va Angliya tashabbusi bilan chaqirildi. Rossiya-Turkiya urushida zaiflangan hamda Germaniya tomonidan qoʻllab-quvvatlanmagan Rossiya kongress chaqirilishiga rozi boʻldi. Buyuk davlat vakillari tomonidan kongreseda imzolangan Berlin traktati (bitimi) (1878-yil 13.7) Rossiya manfaatlariga zid edi. Bitimga muvofiq, Bolgariya Turkiyaning avtonom oʻlkasi, deb eʼlon qilindi. Chernogoriyaga tegishli qirgʻoqlar esa Avstriya-Vengriya nazorati ostiga olindi. Chernogoriya, Serbiya va Ruminiya mustaqil davlatlar boʻlmb qoldi. Botumi, Kare, Ardaxon Rossiyaga oʻtdi, Botumi barcha davlatlarning savdo kemalari uchun ochiq port deb eʼlon qilindi. Berlin kongressi traktati Bolqon urushlarigacha (1912—13) oʻz kuchini saqladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil