[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Bedana-moshak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bedana-moshak
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Bedana-moshak (Lymnocryptus minimus) — baliqchilar turkumining loyxoʻraklar oilasiga mansub qush. Patlari orqa va yelka tomonida yaltiroq qora, ikki yon tomonida sargʻish yoʻlli. Tanasining uz. 20 sm ga, ogʻirligi 90 g ga yaqin. Yevrosiyoning tundra, oʻrmon-tundra va shim. oʻrmon mintaqalarida yashaydi. Oʻzbekistonda bahor va kuzda uchib oʻtish davrida koʻplab uchraydi, baʼzan qishlab qoladi. B.-m. botqoklik va koʻllarning oʻti nam boʻlgan botqoklashgan qirgʻoqlarida yashaydi. Tungi qush, kechasi oziq qidiradi. Uzun tumshugʻi bilan yumshoq loydagi yoki tuproq ustidagi chuvalchanglar, hasharotlar va ularning lichinkalarini topib yeydi. Kunduzi pana joylarga bekinib oladi. Urgʻochisi 4 tagacha tuxum qoʻyadi. Goʻshti shirin, sport ov qushi hisoblanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil