Basklar mamlakati
Basklar mamlakati
| |
---|---|
Avtonom Jamoat | |
43°0′0″N 2°45′0″W / 43.00000°N 2.75000°W | |
Mamlakat | Ispaniya |
Maydon | 7,234 km2 (2,793 kv mi) |
Aholisi (2016) |
2,189,534 |
Zichligi | 300 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
|
Basklar mamlakati (Baskoniya; baskcha — Euskadi) — Ispaniyaning muxtor tarixiy viloyati. Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻi yonida. Maydoni 7,3 ming km². Aholisi 2,1 mln. kishi (1992), aksariyati basklar. Maʼmuriy markazi — Viktoriya shahri. Biskay, Gipuskoa va Alava provinsiyalarini oʻz ichiga oladi. Miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 5-asr oʻrtalarigacha basklar egallagan hudud. Rimga faqat nomigagina qaram boʻlgan. Pireneya yarim orolda vestgot va arablar hukmronligi davrida ham basklar mustaqil, erkin boʻlib qolgan; Rekonkista tayanchi boʻlgan. 11-15-asrlarda Basklar mamlakati Navarra va Kastiliya hukmronligi ostida, 15-asr oxiri va 16-asrlarda Ispaniya davlati tarkibiga kirgan va 1876-yilgacha maʼlum darajada oʻz muxtoriyatini saqlab qolgan. 1936-yilda muxtor rayon maqomini oldi va Basklar mamlakati deb nomlandi. 1939-yilda Basklar mamlakati muxtoriyati bekor qilindi. 1978-yilgi konstitutsiyaga binoan vaqtincha, 1980-yil yanvardan yana doimiy muxtoriyatga erishdi.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Basklar mamlakati Kantabriya togʻlarining (mutlaq balandligi 1000-1500 m) sharqiy qismida. Sohil qismi tepaliklardan iborat. Iqlimi moʻʼtadil dengiz iqlimi, yillik yogʻin 1200 mm. Daryolari (Urumea, Deva va Nervon) qisqa va sersuv, Biskay qoʻltigʻiga quyiladi. Togʻ yon bagʻirlarida dub, qora qayin, kashtan oʻsadi.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Basklar mamlakati Ispaniyaning iqtisodiy jihatdan rivojlangan viloyati. Qoʻrgʻoshin, pyx va temir rudasi, kaolin va marmar kabi foydali qazilmalari mavjud. Qora metallurgiya sanoati rivojlangan. Turli xil mashinasozlik: lokomotivsozlik, kemasozlik, stanoksozlik sanoati korxonalari bor. Basklar mamlakati — Ispaniyaning elektrotexnika uskunalari ishlab chikaradigan asosiy rayoni, kimyo (kokskimyo), sement, qogʻoz, baliq konserva sanoatlari ham taraqqiy qilgan. Sanoat korxonalari asosan dengiz boʻyida (ayniqsa Bilbao shahri va uning atrofida, San-Sebastyan, Eyvar shaharlarida) joylashgan. Dengiz boʻyi rayonlari goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan, ichki rayonlarida koʻproq dehqonchilik qilinadi. Tokchilik va vinochilik rivojlangan. Dengizdan baliq ovlanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |