Barnes (London)
Barnes (inglizcha: Barnes) – Angliyaning janubidagi tuman, Temzadagi Richmond okrugi tarkibiga kiradi. Richmond markazidan 9.3 km uzoqlikda, Temza daryosi boʻyida joylashgan.
Geografiyasi va transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barns Londonning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, gʻarb, shimol va sharqdan Temza daryosi bilan chegaralangan.
Temir yoʻli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barns London metro tarmogʻida emas. Biroq, unga toʻgʻridan-toʻgʻri ikkita Milliy temir yoʻl stansiyalari xizmat koʻrsatadi hamda ularning ikkalasi ham Londonning Travelcard 3 zonasida joylashgan:
- Barnes temir yoʻl stansiyasi
- Barnes koʻprigi temir yoʻl stansiyasi
Ikkala stansiyaga faqat Janubiy Gʻarbiy temir yoʻl tomonidan boshqariladigan poyezdlar xizmat koʻrsatadi. Barnes temir yoʻl stansiyasiga janubi-gʻarbdan Teddington va Kingston tomon yuradigan poyezdlar ham xizmat koʻrsatadi. Eng yaqin boshqa temir yoʻl stansiyalari Putney va Mortlakeda joylashgan[1]. Qoʻshni Hammersmithda London metrosi mavjud boʻlib, u yerda ikkita stansiya toʻrtta liniyaga xizmat qiladi: Circle va Hammersmith & City liniyalari va District va Piccadilly liniyalari. Hammersmithdan shahar va West End bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar mavjud. Bundan tashqari, Heathrow aeroporti, Ealing, East End va Rayner’s Lane bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishlar mavjud[2].
Avtobuslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barnesga quyidagi London avtobuslari xizmat koʻrsatadi: 33, 72, 209, 265, 283, 378, 419, 485 va N22.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1889-yilda Barnes Barnes munitsipal okrugi tarkibiga kirdi. 1965-yilda esa bu tuman tugatildi va Barnes Temzadagi Richmond London tumani tarkibiga oʻtkazildi.
Ibodat joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barnes hududida yettita cherkov mavjud bor[3].
- Barnes Baptistlar cherkovi
Sporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futboli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barnesni futbol tarixida oʻz oʻrni bor. Maʼlumotlarga koʻra futbol oʻyinlariga hakamlik qilish tarixi shu yerga kelib taqaladi. Barnes futbol akademiyasi ham Angliya futboli uchun yosh iqtidorlarni kashf qilishni davom etmoqda. Tuman sharafini himoya qiluvchi eng yaxshi futbol klubi Stonewall FC hisoblanadi[4].
Regbisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barnes tumanida regbi ham rivojlangan. Baren Elms nomi bilan tanilgan Barnes Regbi klubi maydoni WWT London markazi yonida joylashgan. Klub mamlakat miqiyosida oʻz oʻrniga ega.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „London's Rail and Tube services“. 2019-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr. (PDF).
- ↑ „London's Rail and Tube services“. 2019-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.(PDF)
- ↑ „Barnes in Common: About Churches Together in Barnes“. Churches Together in Barnes. 2013-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-aprel.
- ↑ „Stonewall“. Club Information. football.mitoo. 2011-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-may.