Baletmeyster
Qiyofa
Baletmeyster (nemischa, Ballettmeister — balet ustasi) — balet spektakllari, xoreografik chiqishlar, opera, operetta, dramatik spektakllardagi raqs sahnalarining muallifi va sahnalashtiruvchisi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va Ozarbayjonda milliy musiqali drama spektakllari uchun raqslarni sahnaga qoʻyuvchilar ham B. deyiladi. B. baletda butun spektaklning xoreografik shaklini libretto asosida, musiqa ritmi va ohanglariga mos qilib ishlab chiqadi va raqqos(a)larga oʻrgatadi. Baletmeyster baletda bosh ijodkor boʻlsa, boshqa janrlarda yordamchidir. Oʻzbekistonda Q. Mirkarimova, G. Izmaylova, B. Qoriyeva, K. Moʻminov, Yu. Ismatova, V. Oqilova, M. Ergashevalar yetakchi B.lardir.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |