[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Bouran

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andoza:Wikifi

Bouran


Tayoqchalar
Kevin Krouford Bouran haqida

Bouran (irl ирл. va , /baʊrˈɑːn/, talaffuz variantlari — boran, bauran, boiran ) — Irlandiya va Shotlandiya tanburi, odatda anʼanaviy gal musiqasining ritmik joʻrligi uchun, baʼzida esa yakkaxon chalish uchun ishlatiladi.

Cholgʻu asbobi diametri 25-65 sm ( 10-26 dyum ), odatda 35-45 sm (14-18 dyum)ni tashkil etadi. Aylana kengligi — 9-20 sm (3,5-8 dyum). Tanburning bir tomoniga echki terisi tortiladi (lekin zamonaviy ishlab chiqarishda sintetik teridan ham, kenguru terisi kabi yangi materiallardan ham foydalaniladi). Ikkinchi tomon esa sozandaning qoʻli uchun ochiq boʻlib, u tovush balandligi va tembrni boshqara oladi. Ichkarida 1-2 toʻsin boʻlishi mumkin, lekin ular odatda professional asboblarga joylashtirilmaydi.

Sozanda maxsus bir yoki ikki uchi ham jihozlangan tayoq yoki (kam hollarda) qoʻl bilan chaladi. Irland tilida tayoq cipin deyiladi, inglizchada — tipper yoki beater. Hozirgi vaqtda tovushning maʼlum tembrlariga erishish uchun har xil turdagi maxsus tayoqchalar ham qoʻllanadi.

Bouran membranani sozlash va tortish uchun maxsus tizim bilan jihozlanishi mumkin. Chunki membrana havo namligiga taʼsirchan. Membrana namlangan boʻlsa ushbu tizim tufayli uni namlikdan optimal holatga keltirib tortilsh mumkin, shuningdek, boshqa asbob bilan oʻynashda maʼlum bir ohangga sozlanishi mumkin.

Bouran irlandlar, shotlandlar hamda keltlarning (Breton, Galisiya va boshqalar) anʼanaviy musiqachilari orasida, shuningdek, baʼzi boshqa musiqiy uslublarda keng tarqalgan. Bouranga oʻxshash cholgʻu asbobi kornuollarda ham bor boʻlib, u kroudi-kroun deb ataladi. (kornoulcha: kroder krogen, inglizcha: crowdy-crawn )

Cholgʻu asbobining kelib chiqishi haqida bir nechta nazariya mavjud:

  • Musiqa asbob Afrikada paydo boʻlib, Ispaniya orqali Irlandiyaga kirib kelgan.
  • Asbob O'rta Osiyoda paydo bo'lgan va Irlandiyaga kelt muhojirlari tomonidan olib kelingan.
  • Bouran Irlandiya qishloqlarida qishloq xo'jaligi asbobini (don elak) qayta ishlash vositasida paydo boʻlgan.
  • Bourandan 1603-yilgi Irlandiya isyonida Irlandiya qo'shinlari tomonidan urush tamburi sifatida foydalanilgan degan taxmin ham mavjud. Bundan tashqari, bouranlar harbiy naychilarga ritmik hamrohlik qilish uchun ishlatilgan degan fikrlar ham yoʻq emas. Ushbu nazariyaga ko'ra, bouran eski harbiy barabanlardan kelib chiqqan.

Ma'lumotlarga qaraganda, bouran xalq musiqasida faqat XX asrning oʻrtalarida, anʼanaviy Irlandiya musiqasiga qiziqish uygʻonishi natijasida keng qoʻllanila boshlandi. Musiqachi va jamoat arbobi Shon OʻRiada ( irl.: Seán Ó Riada ) va uning "Koltori Xuolon" guruhi ( irl.: «Ceoltóirí Chualann» ) 1960-yillarda bu asbobdan foydalangan. Keyinchalik, koʻplab Irlandiya xalq uygʻonish guruhlari oʻzlarining cholgʻu asboblariga bouranni kiritdilar (masalan, " The Chieftains ", "The Bothy Band", "Planxty").

"Bodrán" soʻzi gal tilida bir necha uslubda talaffuz etiladi va oʻzbek tilida shunga mos ravishda bir nechta transkripsiyalariga ega. "Boyran" varianti Donegal talaffuziga mos keladi, mamlakat gʻarbida "boran", Gʻarbiy Korkda "booran", janubiy hududlarda "bauran" talaffuziga mos keladi. Ingliz tilida soʻzlashuvchilari uchun bu soʻz xorijiy soʻz hisoblanadi, shuning uchun yagona talaffuzi yoʻq.

Gal tilining oʻziga xos orfografik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻzbek tilida notoʻg'ri transkripsiyalar — "bodran", "bohran" va shunga oʻxshashlar, shuningdek, oxirgi boʻg'inga urgʻu berilgan variantlar uchraydi. Ularning hech biri til meʼyori sifatida qabul qilinmagan va vaqt oʻtishi bilan bu kabi xatolar kamayib bormoqda.[manba kerak] .