[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ayiq moyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atkinsons of London savdo belgisi, 1830-yil
Bingenlik Hildegard soch toʻkilishini oldini olish uchun ayiq moyidan foydalanishni tavsiya qildi
Qadimgi Bumblehead 18-chi Napoleon etiklarini kiyib koʻrmoqda, 1823-yil

Ayiq moyi soch toʻkilishi bilan ogʻrigan erkaklar orasida 1653-yildan boshlab Birinchi Jahon urushigacha boʻlgan davrda juda mashhur boʻlgan. Uning samaradorligi haqidagi afsona, ayiqlar juda tukli boʻlgani sababli, ularning yogʻlari boshqalarda soch oʻsishiga yordam beradi degan ishonchga asoslanadi[1]. Ingliz botanigi va oʻsimlikshunosi Nicholas Culpeper 1653-yilda oʻzining „The Physicianʼs Library (Shifokorlar kutubxonasi)“ asarida „Ayiq yogʻi sochlarning toʻkilishini toʻxtatadi“ deb yozgan[1]. Bingenlik Hildegard (1098-1179), mistik qahramon Benediktin, bastakor ayol Physica ham oʻzining (uning Causae et Curae kitobida ham takrorlangan) kitobida ayiq moyidan foydalanishni tavsiya qilgan[2]. Bir qator kosmetika kompaniyalar ayiq yogʻini sotgan. Shuningdek, „Ayiq yogʻi pomadi“ ni sotgan Londonning Atkinsons kompaniyasining savdo belgisi ham ayiq tasviri tushirilgan logotip edi. 1880-yillarning boshlarida Arkanzasda kiyikning boshi va ayiqning boʻyin terisida hosil boʻlgan ayiq moyi standart ayirboshlash vositasi hisoblangan[3].


Tayyorlanilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayiqning moyi jigarrang ayiqning yogʻi, mol goʻshti iligi va hidni yashirish uchun atir bilan aralashtirilib tayyorlangan. Yigirmanchi asrning boshlanishidan oldin ishlab chiqaruvchilar ayiq moyini choʻchqa[4], buzoq goʻshti, charvi, choʻchqa yogʻi va mol goʻshti yogʻini almashtirib hosil qilganlar, chunki talab haqiqiy ayiq yogʻining tabiiy miqdoridan oshib ketadi. Ushbu oʻrinbosarlarga ular lavanda, kekik, atirgul essensiyasi yoki parfyum uchun bazan achchiq bodom yogʻini qoʻshdilar. Tashqi koʻrinishining chiroyli boʻlishi uchun esa yashil boʻyoq qoʻshilgan[1][5].

1850-yillarda Angliyada „ayiq moyi“ ning 99 foizi choʻchqa yogʻidan iboratligi va vijdonsiz ishlab chiqaruvchilar vaqti-vaqti bilan oʻlik choʻchqa goʻshtiga ayiq terisini qoplab shu uslubda moy tayyorlaganliklari taxmin qilingan. Choʻchqani teri bilan qoplashdan koʻzlangan maqsad shunchaki oʻz mijozlarini ayiq moyi sotilganiga ishontirish uchun namoyish qilish edi[4].

Keng jamoatchilik rus ayiqlarining moyi eng yaxshi moy ekanligiga ishonishadi[1]. Geoge Cruikshankning 1823-yilgi multfilmida oʻng tomonda „toʻpigʻiga ayiq moyi surtilgan“ (bu bilan ruslar yordam nazarda tutilgan) iborasi haqida gap boradi. Fransiya qiroli Lyudovik XVIII Napoleon II ning etiklarini kiya olmaganidan ayiq moyidan foydalanib, boshidagi toji yerga tushib ketgulik holatda egilgan karekatura suratlari ham mavjud[6].

Professor John Strachan oʻzining „Advertising and Satirical Culture in the Romantic Period (Romantik davrdagi reklama va satirik madaniyat)“ kitobida taʼkidlashicha, Londonlik Atkinsonlar birinchi jahon urushidan keyin ishlab chiqargan ayiq moyi bilan mashhurlikka erishgan[7]. Atkinsonsning logotipi zanjirlangan ayiq koʻrinishida edi va bu ularning reklamalarida juda koʻp bora aks ettirilgan. Ayiqning moyi kal erkaklar uchun soch oʻsishini osonlashtirishi mumkinligi haqidagi mulohazalar Atkinsons va boshqa moy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ilgari surilgan[7][8].

Ursari jamoasi aʼzolari orasida, suyakdan buyumlar yasagan koʻchmanchi loʻli ayiq oʻrgatuvchilari orasida materialni ayiq yogʻi bilan ishlov berish keng tarqaldi, bu qimmatbaho mahsulot, ularning fikriga koʻra, ushbu moy mahsulotlarni yanada bardoshli qilishga yordam beradi. Ayiq moyi, shuningdek, mashhur tumor boʻlgan ayiq tuklari bilan birga revmatizm va suyak kasalliklari bilan ogʻriganlarni davolash uchun dori sifatida ruminiyaliklarga sotilgan[9].

Mahalliy amerikaliklar orasida moydan foydalanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy amerikaliklar orasida sochlarini yorqinroq qilish uchun ayiq moyidan foydalanish keng tarqalgan edi. Boshqa mashhur moddalarga kiyik iligi va boʻrsiq yogʻi misol boʻladi. Sauk, Guron va Delaverning shimoli-sharqiy qabilalarida har kuni sochlari toʻkilmasligi uchun ayiq moyidan foydalanish erkaklar va ayollar orasida mashhur boʻlgan. Dakota Sioux va Crow qabilalaridagi erkaklar ham muntazam ravishda ayiq moyidan foydalanganlar[10]. Amerikalik ilk rassomlardan biri boʻlgan Benjamin Westning aytishicha, unga bolaligida tubjoy amerikalik boʻlgan doʻsti unga boʻyoq yasashni oʻrgatgan va unga loydan ayiq moyi bilan qanday qilib boʻyoq yasash mumkinligini koʻrsatib bergan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Developing Treatments“. Museum of the Royal Pharmaceutical Society. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  2. von Bingen, Hildegard.. Physica. Translated by Priscilla Throop. Rochester: Healing Arts Press, 1998 — 209-bet. ISBN 978-1-59477-775-2. 
  3. Smith, Kimberly, G (1990). "History of black bears in Arkansas: over-exploitation, near elimination, and successful reintroduction". Eastern Workshop Black Bear Res Manage.. Archived from the original on 2022-12-05. https://web.archive.org/web/20221205224153/https://www.bearbiology.org/fileadmin/tpl/Downloads/EBBW/10th_EBBW/03_introduction_smith_history_of_bb_in_arkansas.pdf. Qaraldi: 2022-10-03. Ayiq moyi]]
  4. 4,0 4,1 Wood, J.G.. Animal Traits & Characteristics; or, Sketches and Anecdotes of Animal Life. Second series, new edition. London: Routhedge, 1855 — "Swine". 203-bet. 
  5. Crellin, John K.. Home Medicine: The Newfoundland Experience. Montreal: McGill-Queen's University Press, 1994 — 88-bet. ISBN 978-0-7735-1197-2. 
  6. „Old Bumblehead the 18th trying on the Napoleon Boots“. BritishMuseum.org. Qaraldi: 2014-yil 31-iyul.
  7. 7,0 7,1 Strachan, John. Advertising and Satirical Culture in the Romantic Period, 1st, Cambridge University Press, 2007 — 213-bet. ISBN 978-0521293068. 
  8. Strachan, John. Advertising and Satirical Culture in the Romantic Period, 2007 — 107-bet. 
  9. (rumincha) Eugen Şendrea, „Distracţii de tîrgoveţi“, in Ziarul de Bacău, 26 May 2007; retrieved 24 June 2007
  10. „Bear Grease“. Fashion Encyclopedia. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.