[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Audiometriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Audiometriya (lot. audio – eshi-taman va ... metriya), akumetriya – eshi-tish oʻtkirligi (yaxshi eshitish)ni oʻlchash. Eshitish oʻtkirligi, asosan, tovushni qabul qilish boʻsagʻasi bilan aniqlangani uchun A. inson qulogʻi qabul qiladigan eng past tovush kuchini aniqlashdan ibo-rat boʻladi. A.ning eng oddiy usuli har xil masofada turgan inson tovushi yoki kamertonning turli balandlikdagi to-vushlarini qabul qilish hisoblanadi. A., asosan, maxsus elektr akustik asbo-blar – audiometrlar bilan amalga oshiri-ladi. Audiometrlarda tovush balandligi (100 dan 8000 gs gacha) va kuchi (0 dan 125 db gacha) oʻzgartirilib, tovush xiyol eshi-tiladigan holga (eshitish boʻsagʻasiga) keltiriladi. A. natijalari audiogram-ma (egri chiziq) tarzida yozib olinadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil