Atom energetikasini rivojlantirish agentligi
Turi | Agentlik |
---|---|
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi | 19-iyul, 2018-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek koʻchasi, 26-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Direktori | Azim Ahmadxo‘jayev |
Vebsayti | uzatom.uz |
Til(lar)i | oʻzbek, rus, ingliz |
„Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (Oʻzatom)“ (inglizcha: Uzatom Agency) – 2018-yil 19-iyulda tashkil etilgan davlat tashkiloti bolib, atom energetikasi sohasida yurtimizda va xalqaro miqyosda yangi texnologiyalar rivojlanishi, hodisalarni o'rganuvchi va ta'lim beruvchi, tajribali kadrlarni tayyorlash, mexanizmlar va dasturlar orqali jamiyat va davlat bilan hamkorlikda jarayonni hamda yurtdoshlarga ta'lim sohasida xizmat ko'rsatayotgan O'zbekistondagi yaratilgan ishonchli agentlik[1]. Oʻzatom Prezident qarori asosida oʻz faoliyatini amalga oshiradi. Atom energiyasini o'rganadigan, ma'lumotlarni tajribalari, xizmatlar, dasturlash va dasturiy ta'minoti, ayni paytda liderlikdagi tadbirlarni amalga oshiradigan va olganini ko'rsatishi mumkin bo'lgan markazdir. Bu sohada ko'p tomonlama ilmiy tadqiqotlarni olib boradi, texnologiyaning yangi yo'nalishlari va innovatsiyalarini mustahkamlastiradi, yangiliklarni tarqatadi va kadrlarini mustahkamlastiradi. Ushbu agentlik O'zbekiston Respublikasida atom energetikasi sohasidagi yuqori saviyali tadqiqotlarni olib borishda bosh rol o'ynaydi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil 19-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (Oʻzatom) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5484-sonli „Atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi farmoniga muvofiq tashkil etilgan[2].
2019-yil 1-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5646-sonli „Oʻzbekiston Respublikasining yoqilgʻi-energetika sanoatini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasini rivojlantirish agentligi uning keyingi faoliyati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tarkibiga oʻtkazilgan[3].
Rahbariyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Azim Ahmadxoʻjayev Israilovich – agentlik direktori[4].
- Farruh Tashmetov Farxadovich – direktor oʻrinbosari.
Vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi davlat siyosatininhuquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
- Oʼzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish boʼyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yadro energetikasi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini jalb qilish;
- xalqaro sanoat va ekologik xavfsizlik talablariga javob beradigan zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb qilgan holda atom elektr stantsiyalarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish boʼyicha shartnomalar va kelishuvlar tuzish;
- atomshunoslik va yadroviy texnologiyalarni rivojlantirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlarni, fundamental tadqiqotlar tajriba-konstruktorlik ishlari va innovatsion ishlanmalar, ilgʼor texnologiyalarni joriy etish loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish;
- tadqiqot va energetik yadroviy reaktorlarning, yadroviy fizika qurilmalarining, yadro materiallari va radiatsiya manbalarining omborlari, radioaktiv chiqindilarni yoʻq qilish va xavfsiz ishlashini taʼminlash;
- boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yadroviy avariyalar va radiatsion avariyalarning oldini olish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish bilan Oʻzbekiston Respublikasi obyektlarining yadroviy va radiatsion xavfsizligi tizimini takomillashtirish;
- yadro materiallari va texnologiyalarini, radioaktiv materiallarni tarqatmaslik, jismoniy himoya qilish va yadro, radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash choralarini amalga oshirish;
- kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini, shu jumladan yetakchi xorijiy institutlarda tashkil etish;
- Atom Energiyasi boʻyicha Xalqaro Agentlik, atom energiyasining Yevropa hamjamiyati va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik va oʻzaro aloqalarni amalga oshirish;
- manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda atom energetikasi sohasiga xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish maqsadida xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ўзатом агентлиги тўғрисида“. uzatom.uz. uzatom.uz. Qaraldi: 13-iyun 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ATOM ENERGETIKASINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 13-iyun 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOQILG‘I-ENERGETIKA TARMOG‘INI BOSHQARISH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 13-iyun 2024-yil.
- ↑ „Atom energetikasini rivojlantirish agentligiga direktor tayinlandi“. kun.uz. kun.uz. Qaraldi: 13-iyun 2024-yil.